Eldor Shomurodovga yana ikkita klub qiziqish bildirmoqda

© AP Photo / Gregorio BorgiaFutbolist Eldor Shomurodov
Futbolist Eldor Shomurodov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.08.2022
Obuna bo‘lish
Futbolchiga Italiya va Saudiya Arabistoni jamoalaridan qiziqish bor.
TOShKENT, 2 avg — Sputnik. O‘zbekistonlik futbolchi va hozirda Italiyaning “Roma” jamoasida to‘p surayotgan Eldor Shomurodovga qiziqish bildirayotgan klublar soni ortmoqda.
“Match TV” ma’lumotlariga ko‘ra, Shomurodovga Italiyaning “Sassuolo” va Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” jamoalaridan qiziqish bor. Futbolchining o‘zi Italiyada qolishni istamoqda.
Avvalroq OAVda Shomurodovni Italiyaning “Bolonya” va “Torino” va Angliyaning “Vulverxempton” klubi o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirayotgani haqida xabar tarqalgan edi.
O‘zbekistonlik hujumchi “bo‘rilar” safida 40 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol urgan va 6 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Mavzuga oid:

Shomurodovning goli “Roma”ning yanvar oyidagi eng chiroyli goli deb topildi – video
“Roma” bosh murabbiyi Shomurodovni bir so‘z bilan ifodaladi
Rasmiy debut gol va muhim zafar: Shomurodov “Roma”ga g‘alaba keltirdi
Yangiliklar lentasi
0