Qozog‘istonda COVID-19 bilan kasallanish keskin oshdi

© Sputnik / Denis Abramov / Mediabankka o‘tishTestirovanie
Testirovanie - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.08.2022
Obuna bo‘lish
Qozog‘istonda so‘nggi ikki hafta ichida koronavirus bilan kasallanish 3 baravarga oshdi.
TOShKENT, 2 avg — Sputnik. Qozog‘istonda so‘nggi ikki hafta ichida koronavirus bilan kasallanish 3,2 baravarga oshdi. Bu haqda respublika Sog‘liqni saqlash vaziri Ajar Giniyat ma’lum qildi.

“Oxirgi ikki hafta ichida kasallanganlar soni 3,2 baravarga oshdi - 10 714 tadan 34 550 tagacha. So‘nggi 24 soat ichida 2021 ta koronavirus infeksiyasi qayd etildi, o‘lim holatlari qayd etilmadi”, - dedi u seshanba kuni hukumat yig‘ilishida.

Vazirning ma’lum qilishicha, kasallanishning navbatdagi o‘sishi 20-iyundan beri qayd etilgan.
“Butun dunyoda bo‘lgani kabi, COVID-19 bilan kasallanishning navbatdagi to‘lqini “omikron” shtammining VA.5 subvarianti bilan bog‘liq. Ushbu variant yuqori yuqumlilik bilan ajralib turadi va “delta” variantiga nisbatan ancha oson o‘tadi. Buni bemorlarning 94 %dan ortig‘i ambulator sharoitda davolanayotgani ham tasdiqlaydi”, dedi vazir.
Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, koronavirus bilan kasallangan bemorlarning 80 % yoki emlanmagan yoki olti oydan ko‘proq vaqt oldin emlangan.
Yangiliklar lentasi
0