Kolumnistlar

Amerikaning Tayvanga lend-lizi: endi dunyo chilparchin boʻladimi?

CC BY-SA 4.0 / Supreme Dragon / Flags of the Cross-Strait entities (cropped photo)Flagi Kitayskoy Respubliki i Kitayskoy Narodnoy Respubliki
Flagi Kitayskoy Respubliki i Kitayskoy Narodnoy Respubliki - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.08.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Pekin yaxshi boʻlishga umid qilyapti, biroq eng yomon stsenariyga tayyorgarlik koʻryapti. Xitoy yetakchisi Si Tszinpin Tayvan oroli bilan “qayta birlashish”ni oʻz hukmronligining tamal toshiga aylantirgan.
AQSH Kongress Vakillari palatasi spikeri Nensi Pelosining Tayvanga tashrifi, murakkab xalqaro muammolarni hal qilishning amerikancha “gegemoniyaning” sahnalashtirilgan tizimida masʼuliyatli davlat diplomatiyasidan koʻra Xirosima va Nagasakidagi yadro portlashiga yaqinroq turadi.
Nensi Pelosi boshchiligidagi Olti kishidan iborat Amerika delegatsiyasining maxsus reysi 2 avgust kuni Moskva vaqti bilan taxminan 18:00 da Tayvan oroligna kelib qoʻndi. Ushbu tashrifga xalqaro qiziqish Vashington-Pekin-Taybey uchburchagidagi harbiy-siyosiy keskinlikning kuchayishi va Rossiyaning Ukrainadagi maxsus operatsiyasining rivojlanishi bilan bogʻliq.
Tayvan provintsiyasi - XXRning huquqiy va ajralmas qismi hisoblanadi. Ushbu orol-davlat BMT tomonidan tan olinmagan va atigi dunyoning 15 ta davlati uni tan olagan, qizigʻi - ular orasida AQSH yoʻq.
Shunday ekan, AQSH davlat tuzilmasida martaba ahamiyati boʻyicha uchinchi oʻrinda turgan amaldor Nensi Pelosining Xitoyning suveren hududiga bugungi tashrifi - AQShning Taybeyga lend-liz loyihasi yoki prezident Jo Bayden 23 may kuni soʻzlagan nutqida aytgan "Xitoy hujum qilgan taqdirda AQSH armiyasi orolni himoya qilishga tayyor ekani" kabi provokatsiyadek tuyuladi. Voqealar zanjirini kuzatgan kishida - Pelosi kelishidan yagona maqsad - "orolga oʻt qoʻyishdek" tuyuladi.
Vashington bor imkoniyatlarini ishga solib Uchinchi jahon urushiga harakat qilyapti, boshlanishi uchun esa Tayvanni “ukrainalashtirmoqchi” va Pekin – Taybey oʻrtasidagi qurolli mojaroda proksi-ishtirokchi sifatida foyda olmoqchi. AQSH bir tomondan “yagona Xitoy” siyosatini tan olgan holda, ikkinchi tomondan orolliklarni qurollantirishda davom etmoqda - Rossiya maxsus operatsiyasi doirasida Kiyev rejimiga qurol yetkazib bergani kabi. ish tajeribasini hisobga olgan holda. Vashington Tayvanga F-16 qiruvchi samoletlari, zalp oʻt ochuvchi reaktiv tizimlari, kemaga qarshi raketalar va harbiy razvedka maʼlumotlarini berishni vaʼda qilmoqda.
Xitoy bilan bunday "muloqot qilish" Osiyo-Tinch okeani mintaqasi hamda Shimoliy Amerika uchun tasavvur qilib boʻlmas oqibatlarga olib kelishi mumkin. Biroq, Vashington Tayvanda Pekin bilan (yoki Ukrainada Moskva bilan) qarama-qarshilik “demokratiyaning avtoritarizm ustidan gʻalaba qilishida” “tayanch nuqtasi”, “gegemon”ligining avvalgidek ekaniga oʻzini ishontirish vositasi sifatida foydalanmoqda. “Oliy maqsad” yoʻlida Pelosiga qoʻshib butun dunyoni chilparchin qilishsa ham achinishmaydi.

Xitoycha ogohlantirishi

Pekin hammasi yaxshi boʻlishga umid qilmoqda, biroq eng yomon stsenariyga ham tayyorgarlik koʻryapti. Xitoy yetakchisi Si Tszinpin Tayvan oroli bilan “qayta birlashish”ni oʻz hukmronligining tamal toshiga aylantirgan va yaqinda AQSH prezidenti Jozef Bayden bilan telefon suhbatida “oʻt bilan oʻynaganlar unda halok boʻladi”, deb ogohlantirgan edi. Buni Xitoy unga qarshi qaratilgan provokatsiyalarga kuch bilan jaavob berishni anglatadigan toʻgʻridan-toʻgʻri tahdid deb tushunish kerak.
Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining Osiyo boʻylab sayohati fonida Tayvan yaqinida AQSH Harbiy-dengiz kuchlarining katta guruhlari shakllandi - bir nechta aviatashuvchilar, oʻnlab kuzatib borish samoletlari, yuzlab jangovar samoletlar, jumladan, F-35B Lightning II. Xitoy Tashqi Ishlar vazirligi bejizga AQShning mumkin boʻlgan chegaradan chiqqanligini, separatistlar va ularni qoʻllovchilar Tayvan mustaqillikka erishishining eng kichik imkoniyatidan ham mahrum boʻlishini alohida taʼkidladi.
Xitoyning ikkita aviatashuvchisi “mashgʻulotlar oʻtkazish” maqsadida dengizga chiqdi, Janubi- Xitoy dengizidagi yangi tuman besh sutkaga yopildi. Xitoy Xalq ozodlik armiyasi mamlakat janubi- sharqidagi kuchlarini koʻpaytirdi. Luntyan aviabazasida Tayvan qirgʻogʻidan 125 km uzoqlikda J-11 va J-16 qiruvchi samoletlari, shuningdek, Rossiyadan sotib olingan Su-27 turibdi. Qirgʻoq boʻyida yerda joylashgan kemaga qarshi tizimlar hamda “aviatashuvchilar qotili” DF-17 gipertovushli raketalari bilan birga joylashtirilgan. Tayvanga eng yaqin Futszyan provintsiyasi sohillarida (taxminan 130 km uzoqlikda) Xitoy Xalq Ozodlik armiyasining koʻp sonli harbiylari va harbiy texnikalari shay holatda turibdi.
Avvalroq Xitoy Kurolli kuchlari “jiddiy ogohlantirish” sifatida Tayvan oroli yaqinidagi dengiz akvatoriyasida manervlar oʻtkazgan edi. Janubi-Xitoy dengizidagi samoletlar Amerikaning Theodore Rooseveltaviatashuvchilari 1500 km gacha boʻlgan masofada gipertovushli raketalar bilan zarba berishni mashq qilishdi.
Ikki millionli Xitoy Xalq Ozodlik Armiyasi, harbiy- dengiz kuchlari kemalari boʻyicha dunyoda birinchi va harbiy – havo kuchlari samoletlari va vertoletlari boʻyicha dunyoda uchinchi boʻlgan Xitoyni Taybey kuchlari bilan solishtirib boʻlmaydi. Orolliklar qoʻshinlarida 300 mingta odam bor. Ular Pentagon standartlari boʻyicha oʻqitilgan va qurollantirilgan.
Tayvanda XXR Kontinental armiyasini 480 ta Amerika tanklari, 2000 BTR, 600 SAU va shatakka olinadigan qurollar, AN-64YE “Apach” va AN-1W “Kobra” 69 ta zarba vertoletlari, 175 ta koʻp nishonli vertoletlar, “Petriot” zenit raketa komplekslari va shuningdek “Stinger”lar ham kutib turishibdi. Jumladan, Amerikaning F-16 Fighting Falcon qiruvchi samoletlari, uchuvchisiz apparatlari va mamlakatning oʻzida ishlab chiqarilgan kemaga qarshi raketalar kompleksi bor.
Taybeyning quruqlikdagi kuchlari - 35 brigada, ulardan 25 tasi- piyoda, beshtasi- tank, uchtasi- mexanizatsiyalashgan. Harbiy- havo kuchlarida 90 ming, harbiy- havo flotida – 32,5 ming odam xizmat qiladi. Bundan tashqari, Tayvan yaqinida havo maydonini bugungi kunda AQSH Harbiy- Havo kuchlarining samolet-razvedkachilari patrul qilmoqda (Ukrainani eslaymiz). Pekin va Taybey (Vashington lend-lizi bilan) orasida harbiy toʻqnashuv boshlangan taqdirda Xitoy Xalq Ozodlik armiyasining bir necha oylar davom etadigan harbiy operatsiya oʻtkazishi (murakkab logistika, Tayvan boʻgʻozi eng qisqa joyda- 130 km). Amerika sanktsiyalari va XXR iqtisodiyotining toʻxtab qolishi kafolatlangan. Bu oson tanlov emas.
Amerika tomonidan Pelosi tashrifi doirasida “gʻazabga qaraganda shovqin koʻproq boʻladi”, XXR chiqishlari “yoʻl haqi uchun standart toʻlov” va bu xavfli reaktsiya boʻlmaydi deb hisoblashmoqda. Ammo baribir Pelosining tashrifi nostandart, harbiy maxsus operatsiyani eslatadi va hattoki “Xitoyning Rossiya bilan aloqalari” sababli “gegemon”ning qasosi boʻlishi ham mumkin.
Avvalroq Amerika delegatsiyasi joylashgan bort xaritada “izlarni adashtirib qoʻygan” va 2 avgust tongda Malayziyaga kelib qoʻngan (Tayvangacha- 3000 km) Shu yerga esa AQSH hukumatining boshqa bir samoleti Pelosini Tayvanga kuzatib borish va maxsus bortni almashtirish uchun uchib keldi. Pentagonning rasmiy vakili Jon Kirbining bayonot berishicha, amerikaliklar spiker uchun sayohat paytida yaʼni XXR hududida kerak boʻladigan xavfsizlik va qoʻllab-quvvatlovni taʼminlashmoqda (2001 yilda Xitoyning Xaynan orolida urib tushirilgan AQSH Harbiy-dengiz kuchlarining razvedkachi-samoletini eslaylik)
Nensi Pelosining Tayvanga provokatsion tashrifi “Bayden boʻyicha bahonalar” va Taybey separatistlari uchun lend-liz loyihasi – AQShning Xitoyga nisbatan tajovuzi, Uchinchi jahon urishining boshlanishinidir. Buni amrikaliklarning oʻzi ham tushunadi.
Pentagonning Yevropadagi ittifoqdoshlari ham Xitoyning ehtimoliy qattiq zarbasidan, AQSH eʼtibori Taybeyga qaratilgani, Ukrainaning jahon voqea-hodisalar zanjiridan siqib chiqarilganidan xavotirda. Tarix tarozilari tebranmoqda.
Va hammasidan yomoni Amerikaning eskirgan tajovuzi - AQShning eng keksa rahbarining Xitoyga (yoki Rossiyaga) his qilgan araziga unchalik taʼsirchan reaktsiyasi emas, balki davlatning toʻppa-toʻgʻri jarlikka olib boradigan kursidir. Masalan, sobiq mudofaa vaziri Mark Esper Taybey yuqori rahbariyati bilan uchrashuvda AQShning “yagona Xitoy” siyosatidan butunlay voz kechishi kerakligi, Tayvan bilan xavfsizlik sohasida munosabatlarni aniqlashtirib olish (“Yagona Xitoy siyosatiga 50 yil boʻldi, va oʻylashimcha u qaridi”) zarurligini aytdi. Aftidan Vashingtonda davlat masʼuliyati amerikancha jazosizlik tugagan yerda boshlanadi shekilli.
Yangiliklar lentasi
0