https://sputniknews-uz.com/20220803/qashqadaryodagi-yoshlar-turizmi-qurultoyidan-nimalar-kutilmoqda-26791854.html
Qashqadaryodagi “Yoshlar turizmi” qurultoyidan nimalar kutilmoqda
Qashqadaryodagi “Yoshlar turizmi” qurultoyidan nimalar kutilmoqda
Qurultoyda Oʻzbekistonda ilk bor turizm boʻyicha "Yosh elchilar kengashi" tuziladi. 03.08.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-08-03T14:12+0500
2022-08-03T14:12+0500
2022-08-03T14:12+0500
turizm
qashqadaryo viloyati
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/04/13/24082764_0:0:2730:1537_1920x0_80_0_0_c6afac6b7fc81470a5634ece37ec5263.jpg
TOSHKENT, 3 avg — Sputnik. Turizm va madaniy meros vazirligi tashabbusi bilan 8-12 avgust kunlari Qashqadaryo viloyatida "Yoshlar turizmi" qurultoyi boʻlib oʻtadi.Tadbir Shahrisabzda 1000 ta yoshlarni sigʻdira oladigan "Lochin" lagerida tashkil etiladi. Lagerda "Turizm instalyatsiyasi" mavjud.Unda Bosh vazir oʻrinbosari - Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov bilan uchrashuv tashkil etiladi.Qurultoyda mamlakatning har bir hududidan 50 nafar iqtidorli, ijtimoiy himoyaga muhtoj, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 700 nafar oʻquvchi va talabalar ishtirok etishadi.Qurultoyga Tojikiston, Qirgʻiziston, Qozogʻiston va Turkmaniston davlatlaridan 20 nafar yoshlar ham taklif etilgan.Dasturdan "Turizm-kvest", "Usta-shogird" maktabi, "Eng yaxshi turizm loyihasi", "Yulduzlar tashrifi", "Toza-hudud" aktsiyasi, "Doʻstlik gulxani" kabi tanlovlar va uchrashuvlar oʻrin olgan. Unda taniqli estrada yulduzlari, mashhur blogerlar va faollar ishtirok etishi kutilmoqda.Qurultoyda Oʻzbekistonda ilk bor turizm boʻyicha "Yosh elchilar kengashi" tuziladi. Unda saylovlar asosida faol yoshlar saralanib, maxsus komissiya tomonidan aniqlanadi.Shu asosda har bir hududdan turizm elchilari saylab olinadi, respublikada har yili soha boʻyicha maʼlumotlar berib boradi. Qurultoy har 5 yilda oʻtkazilishi rejalashtirilgan.Yosh bloger va boshlovchi Amirxon Umarov yoshlar turizm sohasidagi mamlakat imidjini koʻtarishini taʼkidladi. U mazkur qurultoy ana shunday yoshlarni kashf etishiga ishonch bildirdi.
qashqadaryo viloyati
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/04/13/24082764_0:0:2730:2048_1920x0_80_0_0_a159b20dacdca07f35b151f28bda24d0.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
qashqadaryo viloyati
Qashqadaryodagi “Yoshlar turizmi” qurultoyidan nimalar kutilmoqda
Qurultoyda Oʻzbekistonda ilk bor turizm boʻyicha "Yosh elchilar kengashi" tuziladi.
TOSHKENT, 3 avg — Sputnik. Turizm va madaniy meros vazirligi tashabbusi bilan 8-12 avgust kunlari Qashqadaryo viloyatida "Yoshlar turizmi" qurultoyi boʻlib oʻtadi.
Tadbir Shahrisabzda 1000 ta yoshlarni sigʻdira oladigan "Lochin" lagerida tashkil etiladi. Lagerda "Turizm instalyatsiyasi" mavjud.
Qurultoydan koʻzlangan maqsadi yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, yosh sayyohlarni aniqlashdan iborat.
Unda Bosh vazir oʻrinbosari - Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov bilan uchrashuv tashkil etiladi.
Qurultoyda mamlakatning har bir hududidan 50 nafar iqtidorli, ijtimoiy himoyaga muhtoj, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 700 nafar oʻquvchi va talabalar ishtirok etishadi.
Qurultoyga Tojikiston, Qirgʻiziston, Qozogʻiston va Turkmaniston davlatlaridan 20 nafar yoshlar ham taklif etilgan.
Dasturdan "Turizm-kvest", "Usta-shogird" maktabi, "Eng yaxshi turizm loyihasi", "Yulduzlar tashrifi", "Toza-hudud" aktsiyasi, "Doʻstlik gulxani" kabi tanlovlar va uchrashuvlar oʻrin olgan. Unda taniqli estrada yulduzlari, mashhur blogerlar va faollar ishtirok etishi kutilmoqda.
Qurultoyda Oʻzbekistonda ilk bor turizm boʻyicha "Yosh elchilar kengashi" tuziladi. Unda saylovlar asosida faol yoshlar saralanib, maxsus komissiya tomonidan aniqlanadi.
Shu asosda har bir hududdan turizm elchilari saylab olinadi, respublikada har yili soha boʻyicha maʼlumotlar berib boradi. Qurultoy har 5 yilda oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
"Bu qurultoy yoshlar uchun unutilmas lahzalarga boy boʻlishi kerak. Yurtimizda hech qayerga chiqmagan, ijtimoiy himoyaga muhtoj va nogiron yoshlar bor. Mazkur qurultoyda ularning ishtirokini taʼminlaymiz va qoʻllab-quvvatlaymiz", - dedi Turizm va madaniy meros vazirligi ommaviy tadbirlarni tashkil etish boshqarmasi boshligʻi Zarrina Abdullayeva.
Yosh bloger va boshlovchi Amirxon Umarov yoshlar turizm sohasidagi mamlakat imidjini koʻtarishini taʼkidladi. U mazkur qurultoy ana shunday yoshlarni kashf etishiga ishonch bildirdi.