Test sinovlari 8-avgustdan boshlanadi - DTM

© SputnikSdacha vstupitelnix ekzamenov na stadione "Bunyodkor"
Sdacha vstupitelnix ekzamenov na stadione Bunyodkor - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.08.2022
Obuna bo‘lish
Imtixonlarda ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish jarayonlari ham boshlandi.
TOShKENT, 4 avg — Sputnik. Yangi 2022-2023 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari 8-avgust kunidan boshlanadi. Bu haqida Davlat test markazi xabar berdi.
Test sinovlari ikki smenada o‘tadi:
1-smenada 07:00 dan 10:00 ga qadar;
2-smenada 19:00 dan 22:00 ga qadar.
Test sinovlari hududlardagi abituriyentlar soni va test sinovlari o‘tkaziladigan maydonlar sig‘imidan kelib chiqqan holda 10 kundan 13 kungacha davom etadi va 20-avgust kuni yakunlanadi.
Aytilishicha, imtixonlarda ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish jarayonlari ham boshlandi.
Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun ruxsatnomani my.dtm.uz saytiga shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda olishlari mumkin.
Shuningdek, ruxsatnomani Davlat test markazining quyidagi maxsus telegram botlari orqali ham yuklab olish imkoniyati mavjud:
@e_dtm_mandatbot
@e_dtm_mandat1bot
@e_dtm_mandat2bot
@e_dtm_mandat3bot
@e_dtm_mandat4bot
“Test sinovlari 8-avgustdan boshlanishini inobatga olgan holda abituriyentlardan ruxsatnomalarni 7-avgustga qadar yuklab olishlarini so‘raymiz”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, abituriyentlar test sinovlariga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishlari lozim. Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi.
Eslatib o‘tamiz, yangi o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari ochiq maydonda o‘tkaziladi.
Yangiliklar lentasi
0