Jamiyat

Toshkent Botanika bogʻi vaqtincha yopiladi

© Foto: Mariya SilvestrukGUVD Tashkenta vozmet Botanicheskiy sad pod kontrol
GUVD Tashkenta vozmet Botanicheskiy sad pod kontrol - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.08.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Toshkent Botanika bogʻi tashrif buyuruvchilar uchun 5 avgustdan 20 avgustga qadar yopiq boʻladi
TOSHKENT, 4 avg — Sputnik. Yangi oʻquv yilida OTMga kirish test sinovlariga tayyorgarlik koʻrilishi va uning oʻtkazilishi munosabati bilan Toshkent Botanika bogʻi oʻz faoliyatini vaqtinchalik toʻxtatadi. Bu haqida Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sputnik muxbiriga maʼlum qildi.
Aytilishicha, Toshkent Botanika bogʻi tashrif buyuruvchilar uchun 5 avgustdan 20 avgustga qadar yopiq boʻladi.
Maʼlumot uchun, yangi 2022-2023 oʻquv yili uchun oliy taʼlim muassasalariga kirish test sinovlari 8 avgust kunidan boshlanadi.
Test sinovlari hududlardagi abituriyentlar soni va test sinovlari oʻtkaziladigan maydonlar sigʻimidan kelib chiqqan holda 10 kundan 13 kungacha davom etadi va 20 avgust kuni yakunlanadi.
Yangiliklar lentasi
0