Sport

Oʻzbekistonlik taekvondochi qiz Jahon chempionatida vitse-chempion boʻldi

© Press-slujba Assotsiatsii taekvondo VT UzbekistanaMarjona Xudoykulova stala vitse-chempionkoy mira sredi yuniorov po txekvondo.
Marjona Xudoykulova stala vitse-chempionkoy mira sredi yuniorov po txekvondo. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.08.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Musobaqaning uchinchi kunida -52 kg vazn toifasida Marjona Xudoyqulova sovrindor boʻldi.
TOSHKENT, 5 avg — Sputnik. Bolgariyada boʻlib oʻtayotgan taekvondo WT boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida oʻzbekistonlik Marjona Xudoyqulova vitse-chempion boʻldi.
Xabarda aytilishicha, ayni kunlarda Sofiya shahrida taekvondo WT boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionati davom etmoqda.
Musobaqaning uchinchi kunida -52 kg vazn toifasida Marjona Xudoyqulova sovrindor boʻldi.
“Finalga qadar barcha raqibalarini taslim qilgan Marjonaga hal qiluvchi bahsda biroz omad yetishmadi va kumush medalni qoʻlga kiritdi”, deyiladi xabarda.
Musobaqaning birinchi kuni Gulshanoy Ismoilova bronza medaliga ega chiqdi.
Bugun musobaqaning toʻrtinchi kunida oʻzbekistonlik uch nafar taekvondochi ishtirok etadi:
-63kg Nazarali Nazarov
-55kg Marjona Yuldasheva
-68kg Shohjahon Karimboyev
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionati 7 avgustga qadar davom etadi.
Yangiliklar lentasi
0