Finlyandiya “Butun dunyoda tinchlik” yodgorligini olib tashladi

© AFP 2023 / David GoldmanFlag Finlyandii
Flag Finlyandii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.08.2022
Obuna bo‘lish
1990 yilda Berlin devori qulaganidan so‘ng SSSR Finlyandiyaga sovg‘a qilgan "Butun dunyoda tinchlik" yodgorligi olib tashlandi.
TOShKENT, 8 avg — Sputnik. Xelsinkida Sovet Ittifoqi Finlandiyaga sovg‘a qilgan “Butun dunyoda tinchlik” yodgorligi olib tashlandi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, yodgorlikni boshqa joyga ko‘chirish Xakaniyemenrant ko‘chasini qaytadan qurish rejalari bilan tushuntiriladi. Hozir u yerda yangi tramvay yo‘nalishi qurilmoqda.
Yodgorlikni boshqa joyga ko‘chirish bir necha marta taklif qilingandi. Masalan, 2019-yilda uni Xakaniyemi tumanini yangilash va modernizatsiya qilish doirasida olib tashlamoqchi bo‘lishgandi. Yangi joy sifatida Lenin nomidagi kichik xiyobon ko‘rib chiqilgan, biroq bu loyiha ma’qullanmagan.
Moskva “Butun dunyoda tinchlik” yodgorligini 1989-yili Xelsinkiga tuhfa qilgan. Yodgorlikda globusni qo‘llarida ushlab turgan turli qit’a vakillari aks ettirilgan. Xelsinki o‘z navbatida Moskvaga “Tinchlik bolalari” haykalini sovg‘a qilgan. Haykal Moskvadagi Do‘stlik bog‘ida o‘rnatilgan.
Yangiliklar lentasi
0