Jamiyat

Oʻzbekistonda OIV va gepatitlarni aniqlaydigan testlarni ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda

© Sputnik / Aleksandr Kryajev / Mediabankka oʻtishLaboratoriya immunofermentnыx issledovaniy, gde proxodit issledovaniye krovi na infektsii
Laboratoriya immunofermentnыx issledovaniy, gde proxodit issledovaniye krovi na infektsii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.08.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
“Rossa” kompaniyasi OIV, B va S gepatitlari, inson papillomavirusi, sil, gerpes va boshqa infektsiyalarni aniqlash uchun PZR test tizimlarini taqdim etdi.
TOSHKENT, 8 avg — Sputnik. Oʻzbekistonda OIV, B va S gepatitlari, inson papillomavirusi, sil, gerpes va boshqa infektsiyalarni aniqlash uchun polimeraza zanjir reaktsiyasi (PZR) test tizimlarini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish rejalashtirilmoqda.
Ularni ishlab chiqish bilan tibbiyot, veterinariya va oziq-ovqat xavfsizligi sohalari uchun biotexnologik mahsulotlarni ishlab chiqish va ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Rossa” kompaniyasi shugʻullanadi.
Bosh vazir oʻrinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev boshchiligidagi hukumat komissiyasi kompaniyada boʻlib, u yerdagi ishlar bilan tanishdi.
2021-2022 yillardagi pandemiya davrida kompaniya SES ehtiyojlari uchun koronavirus tashxisini qoʻyish uchun 3,8 million PZR testini yetkazib berdi.
Bu, birinchi navbatda, mahalliy ishlab chiqarilgan diagnostika vositalariga ichki talabni qisman taʼminlashga, ikkinchidan, bitta test narxini 2021 yilda 30 ming soʻmgacha, 2022 yilda esa 27 ming soʻmgacha kamaytirishga imkon berdi.
“Shuningdek, Hukumat komissiyasi aʼzolariga kompaniyaning yangi ishlanmalari, shu jumladan OIV, B va S gepatitlari, inson papillomavirusi, sil, gerpes va boshqa infektsiyalarni aniqlash uchun PZR test tizimlari taqdim etildi”, - deyiladi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi xabarida.
Eslatib oʻtamiz, 1 iyuldan boshlab har yili 1 million nafargacha aholi virusli gepatit “V” va “S” turlariga skrining tekshiruvlaridan oʻtkazilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0