Istoriko-etnograficheskiy park Vechnыy gorod, voshedshiy v sostav mejdunarodnogo turisticheskogo kompleksa Velikiy shelkovыy put, otkrыlsya v Samarkande. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
SHHT-2022: Samarqand sammiti
Samarqand 15-16 sentyabr kunlari Shanxay hamkorlik tashkilotining (SHHT) davlat rahbarlari kengashi majlisiga mezbonlik qiladi.

SHHT aʼzolari Oʻzbekistondagi islohotlarni ijobiy baholadi

© “Dunyo”AASHHT bosh qarorgogʻida davra suhbati oʻtkazildi
SHHT bosh qarorgogʻida davra suhbati oʻtkazildi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.08.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
SHHT Bosh kotibi Chjan Min Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarni, "Yangi Oʻzbekiston" barpo etish yoʻlidagi izchil qadamlarni yuksak baholadi.
TOSHKENT, 8 avg — Sputnik. Shanxay hamkorlik tashkilotining Pekindagi bosh qarorgohida davra suhbati boʻlib oʻtdi. Unda tashkilotga aʼzi davlatlar Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlarni muhokama qildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Forum ochilishida SHHT Bosh kotibi Chjan Min Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarni, "Yangi Oʻzbekiston" barpo etish yoʻlidagi izchil qadamlarni yuksak baholadi.
“Bugun Oʻzbekiston oʻz taraqqiyotining muhim bosqichini amalga oshirmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida respublikada keng koʻlamli islohotlar dasturi davom etmoqda. Oʻzbekistonga tashriflarim chogʻida mamlakatdagi ulkan oʻzgarishlarning guvohi boʻldim”, - deydi u.
Qayd etilishicha, davra suhbatida SHHT Kotibiyati rahbariyati, Xitoy Tashqi ishlar vazirligi masʼullari, SHHTga aʼzo davlatlar elchilari va diplomatlari, Xitoy ekspert-tahlil doiralari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etgan.
Oʻzbekiston nomidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari, Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori akademik Akmal Saidov va "Taraqqiyot strategiyasi" markazi direktori Eldor Tulyakov onlayn tarzda soʻzga chiqqan.
Bundan tashqari, davra suhbatida SHHTga aʼzo davlatlarning elchilari soʻzga chiqqan va ular ham Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonini, Toshkentning mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish borasidagi faol harakatlarini yuqori baholagan.
Eslatib oʻtamiz, 2021-2022 yillarda Oʻzbekiston SHHTga raislik qilmoqda. Tashkilotning navbatdagi sammiti 15-16 sentyabr kunlari Samarqand shahrida boʻlib oʻtadi.
Ayni paytda 2001 yilda tashkil etilgan SHHTga Oʻzbekiston, Rossiya, Qozogʻiston, Tojikiston, Qirgʻiziston, Xitoy, Hindiston va Pokiston kiradi. Ayni damda Eron tashkilotga toʻlaqonli aʼzo boʻlishga tayyorlanmoqda. Avvalroq Belarus tashkilotga aʼzo boʻlish uchun ariza bergandi. Afgʻoniston va Moʻgʻuliston - kuzatuvchi-davlatlar hisoblanadi.
Yangiliklar lentasi
0