Inflyatsion kutilmalar pasayishda davom etmoqda - Markaziy bank

© Depositphotos.com / eldarnurkovicPokupatelnitsa v maske i perchatkax v produktovom magazine
Pokupatelnitsa v maske i perchatkax v produktovom magazine - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.08.2022
Obuna bo‘lish
Aholi hamda tadbirkorlar kelgusida yoqilg‘i va energiya resurslari narxining qimmatlashishidan xavotirda.
TOShKENT, 9 avg — Sputnik. Iyul oyida aholi va tadbirkorlik subyektlarining inflyatsion kutilmalari pasaydi. Bu haqda Markaziy bank e’lon qilgan sharhda keltirilgan.
Iyul oyida o‘tkazilgan so‘rovlarga ko‘ra, kelgusi 12 oy uchun narxlar o‘sishi bo‘yicha aholining inflyatsion kutilmalari 1-iyun oyiga nisbatan pasayib, 15,5 foizni tashkil etgan. Kutilmalar mart oyiga nisbatan sezilarli kamaygan bo‘lsada, ayni paytda joriy yil boshiga nisbatan yuqoriroq darajada shakllangan.
Inflyatsion kutilmalarning pasayishi asosiy turdagi iste’mol narxlari o‘sishi o‘zining yuqori nuqtasidan o‘tgani, iyul oyida mavsumiy meva-sabzavotlar narxining arzonlashgani, energiya narxlari liberilizatsiyasining keyinroq muddatga qoldirilishi hamda oxirgi oylarda milliy valyuta almashuv kursining barqarorligi bilan izohlangan.
Respondentlar kelgusida narxlarga oshiruvchi ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan asosiy omillar sifatida:
import tovarlari va asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining qimmatlashishi (55 foiz);
narxlarining sun’iy oshirilishi (43 foiz);
yoqilg‘i va energoresurslar narxlari oshishi mumkinligi (36 foiz)ni ko‘rsatgan.
Shuningdek, ushbu oyda kommunal xizmatlar oshishi bo‘yicha aholi kutilmalari ham pasaygan.
Tadbirkorlik subyektlarining inflyatsion kutilmalari
Joriy yilning iyul oyida o‘tkazilgan so‘rovlarga ko‘ra, biznes sohasi vakillarining kelgusi 12 oy uchun narxlar o‘sishi bo‘yicha inflyatsion kutilmalari ketma-ket 2 oy pasayib, 15,2 foizni tashkil etgan. Iyul oyida kelgusi 12 oyda inflyatsiya darajasini 9-12 foiz atrofida bo‘lishini kutayotgan tadbirkorlar ulushi ko‘paygan.
Tadbirkorlarning fikricha, keyingi 12 oyda narxlar oshishiga:
valyuta kursining o‘zgarishi (34 foiz);
yoqilg‘i va enegoresurslar narxining qimmatlashishi (31 foiz);
import qilinadigan xomashyo va butlovchi qismlar narxining oshishi (28 foiz) kabi omillar bevosita ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Transport xizmati xarajatlarining oshishi, import qilishdagi tarif va notarif cheklovlarning mavjudligi hamda xorijdan xomashyo yetkazib berishda uzilishlar bo‘lishini kutayotgan tadbirkorlarning ulushi o‘tgan oyga nisbatan oshgan.
Bunda biznes vakillarining yuqoridagi omillar bo‘yicha xavotirlarining kuchayishi o‘tgan oyda benzin va dizel narxlari qimmatlashgani bilan izohlanmoqda. Shuningdek, kommunal xizmatlar qimmatlashishi hamda ish haqi va nafaqalarning oshishining kelgusi davrda narxlarga ta’sirini kutayotganlar hissasi o‘tgan oyga nisbatan qisqargan.
Yangiliklar lentasi
0