O‘zbekiston ilk bor Butunjahon shaxmat olimpiadasining chempioni bo‘ldi

© Sportni rivojlantirish vazirligi O‘zbekistonlik shaxmatchi qizlar Butunjahon shaxmat olimpiadasida g‘alaba qozonishdi
O‘zbekistonlik shaxmatchi qizlar Butunjahon shaxmat olimpiadasida g‘alaba qozonishdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.08.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi ushbu olimpiada davomida biror marta ham mag‘lubiyatga uchramagan yagona jamoa bo‘ldi.
TOShKENT, 9 avg — Sputnik. O‘zbekiston 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasining chempioni bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi Alisher Sa’dullayev ma’lum qildi.
Hindistonning Chennay shahrida o‘tgan 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasining so‘nggi 11-turida O‘zbekiston terma jamoasi Niderlandiya terma jamoasi ustidan g‘alaba qozonib, olimpiada chempioni bo‘ldi.
Nodirbek Yakubboyev, Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov raqiblariga qarshi o‘yinda durang natija qayd etishgan bo‘lsa, Jahongir Vohidov g‘alaba qozondi.
O‘zbekiston tarixda birinchi marta shaxmat olimpiadasida oltin medalni qo‘lga kiritdi.
"Yana bir quvonarli xabar: O‘zbekiston terma jamoasi ushbu olimpiada davomida biror marta ham mag‘lubiyatga uchramagan yagona jamoa bo‘ldi. Barcha yurtdoshlarimizni tarixiy g‘alaba bilan tabriklayman!", - deya yozdi Sa’dullayev o‘zining telegram kanalida.
O‘zbekiston ayollar terma jamoasi esa so‘nggi turda Kosta-Rika terma jamoasini mag‘lub etdi (2,5:1,5). O‘zbekiston sharafini Umida Omonova, Afruza Hamdamova , Maftuna Bobomurodova, Marjona Malikova va Nilufar Yakubboyeva himoya qildi.
Eslatib o‘tamiz, prezident qarori bilan xalqaro turnirlarda g‘olib bo‘lgan o‘zbekistonlik shaxmatchi va trenerlarga beriladigan bir martalik pul mukofoti miqdori belgilangan. Unga ko‘ra Butunjahon shaxmat olimpiadasida oltin medal olgan sportchiga 600 mln so‘m, murabbiyga 300 mln so‘mgacha pul mukofoti beriladi.

Mavzuga oid:

Shaxmat olimpiadasi: O‘zbekiston Hindiston-2 bilan durang o‘ynab, peshqadamlikni saqlab qoldi
O‘zbekiston Butunjahon shaxmat olimpiadasiga mezbonlik qiladi
Navoiyda Xalqaro shaxmat maktabi tashkil qilinadi
Yangiliklar lentasi
0