O‘zbekiston Tojikistonga harbiy xizmatchilarni tayyorlashda yordam beradi

Obuna bo‘lish
Mudofaa vazirlari Bahodir Qurbonov va Sherali Mirzo Tojikiston harbiy xizmatchilarini O‘zbekiston oliy harbiy ta’lim muassasalarida ta’lim olishini tashkillashtirish to‘g‘risidagi qo‘shimcha shartnomani imzolashdi.
TOShKENT, 9 avg — Sputnik. O‘zbekiston mudofaa vaziri general-leytenant Bahodir Qurbonov Toshkentga rasmiy tashrif bilan kelgan Tojikiston mudofaa vaziri general-polkovnik Sherali Mirzo rahbarligidagi harbiy delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
© Ministerstvo oboroni Uzbekistana
Ministr oboroni Uzbekistana Baxodir Kurbanov i ministr oboroni Tadjikistana Sherali Mirzo - Sputnik O‘zbekiston
1/3
© Ministerstvo oboroni UzbekistanaMinistr oboroni Uzbekistana Baxodir Kurbanov prinyal voyennuyu delegatsiyu vo glave s ministrom oboroni Tadjikistana Sherali Mirzo, pribivshuyu v Tashkent s ofitsialnim vizitom
Ministr oboroni Uzbekistana Baxodir Kurbanov prinyal voyennuyu delegatsiyu vo glave s ministrom oboroni Tadjikistana Sherali Mirzo - Sputnik O‘zbekiston
2/3
Ministr oboroni Uzbekistana Baxodir Kurbanov prinyal voyennuyu delegatsiyu vo glave s ministrom oboroni Tadjikistana Sherali Mirzo, pribivshuyu v Tashkent s ofitsialnim vizitom
© Ministerstvo oboroni Uzbekistana
Ministr oboroni Uzbekistana Baxodir Kurbanov i ministr oboroni Tadjikistana Sherali Mirzo - Sputnik O‘zbekiston
3/3
Uchrashuv davomida hamkorlik masalalari nafaqat siyosiy, iqtisodiy, madaniy va gumanitar sohalarda, balki mudofaa va xavfsizlik sohalarida ham misli ko‘rilmagan bosqichlarga ko‘tarilgani ta’kidlangan.
Vazirlar mudofaa sohasidagi o‘zbek-tojik munosabatlarining holati, ularni kengaytirish choralari hamda mintaqaviy xavfsizlik masalalarini muhokama qilishdi.
Muzokaralardan so‘ng Tojikiston harbiy xizmatchilarini O‘zbekiston oliy harbiy ta’lim muassasalarida ta’lim olishini tashkillashtirish to‘g‘risida qo‘shimcha shartnoma imzolandi.
Shundan so‘ng mehmonlar mudofaa vaziri general-leytenant Bahodir Qurbonov hamrohligida O‘zbekiston mudofaasini boshqarish milliy markazi faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.
Eslatib o‘tamiz, 4-avgust kuni Termizda "Hamdo‘stlik—2022" O‘zbekiston va Tojikiston qo‘shma harbiy o‘quv mashg‘ulotlari boshlangan edi.
Yangiliklar lentasi
0