Prezident huzurida MO davlatlari bilan yangi loyihalar ko‘rib chiqildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev
Prezident Shavkat Mirziyoyev  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.08.2022
Obuna bo‘lish
So‘nggi besh yilda Markaziy Osiy va O‘zbekistonning tashqi savdo hajmi 2,5 barobarga ko‘payib, 6 milliard dollardan oshgan.
TOShKENT, 8 avg - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlikni kengaytirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.
Yig‘ilishda qo‘shni davlatlar bilan o‘zaro aloqalar rivojlanib borayotgani qayd etilgan holda ushbu iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.
"Markaziy Osiyo davlatlari bilan do‘stona va o‘zaro manfaatli aloqalar izchil rivojlanib bormoqda. So‘nggi besh yilda ular bilan tashqi savdo hajmi 2,5 barobarga ko‘payib, 6 milliard dollardan oshgan. Yurtimizda qo‘shni davlatlar kapitali ishtirokida 1 ming 700 ta qo‘shma korxona ochilgan", - deyiladi xabarda.
Yig‘ilishda Markaziy Osiyo davlatlari bilan iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishga oid yangi loyiha va takliflar ko‘rib chiqildi.
Mamlakatimizda kichik biznesni yanada rivojlantirish maqsadida hududlarning investitsion jozibadorligi milliy reytingini ishlab chiqish tizimi ham muxokama qilindi.
Yangiliklar lentasi
0