Kamilov Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri bilan suhbat qildi

© Press-slujba MID UzbekistanaMinistr inostrannix del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov dayet intervyu rossiyskim SMI
Ministr inostrannix del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov dayet intervyu rossiyskim SMI - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.08.2022
Obuna bo‘lish
Abudulaziz Kamilov Saudiya Arabistoni TIV rahbari bilan telefon suhbati o‘tkazdi.
TOShKENT, 10 avg - Sputnik. O‘zbekiston prezidentining maslahatchisi Abdulaziz Kamilov Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri shahzoda Faysal bin Farxon bin Abdullohga telefon qildi, deb xabar qilmoqda podshohlik TIV matbuot xizmati.
Muloqot chog‘ida ikki tomonlama munosabatlar va ularni ikki qardosh davlatning intilishlariga xizmat qilish uchun barcha sohalarda mustahkamlash yo‘llari ko‘rib chiqildi, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro miqyosdagi so‘nggi voqealar hamda tomonlarni qiziqtirgan masalalar muhokama qilindi.
Aytish joizki O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘zaro munosabatlari so‘nggi yillarda izchil rivojlanib bormoqda. Xususan podshohlik 2022-yilda o‘zbekistonlik ziyoratchilar uchun Haj ziyoratiga ajratiladigan kvotalar miqdorini 7200dan 10800 kishigacha oshirshgan edi.
Yangiliklar lentasi
0