Stiven Sigal Donbass haqida film suratga oladi

© Denis Pushilin Telegram-kanaliStiven Sigal Donbass haqida film suratga oladi
Stiven Sigal Donbass haqida film suratga oladi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.08.2022
Obuna bo‘lish
Sigal DXRga borib, ukrainalik harbiy asirlar bilan suhbatlashgan.
TOShKENT, 10 avg — Sputnik. Amerikalik aktor va produser Stiven Sigal Donbassdagi voqealar haqida hujjatli film suratga olmoqda. Bu haqda Donesk Xalq Respublikasi rahbari Denis Pushilin o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
“Stiven Sigal Donbassdagi urush haqida hujjatli film suratga olmoqda. Bugun u Yelenovkatergov hibsxonasida harbiy asirlar bilan suhbatlashdi. U yerda yaqinda Ukraina qurolli kuchlarinig hujumioqibatidamahbuslarning bir qismi halok bo‘lgan”, -deb yozgan u.
29 iyul kuni Ukraina harbiylari Yelenovkadagi tergov izolyatorini o‘qqa tutgani haqida xabar bergan edik. Vazirlikning ta’kidlashicha, zarba Amerikaning HIMARS ko‘p uchiruvchi raketa tizimi tomonidan amalga oshirilgan.
Hibsxonada asirga olingan ukrainalik askarlar, xususan, "Azov"* bataloni jangchilari saqlanmoqda. Hujum oqibatida 40 nafar harbiy asir halok bo‘ldi, yana 75 nafari yaralandi.
*Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
Yangiliklar lentasi
0