Bayden to‘satdan ta’tilga uchib ketdi

© AFP 2023 / Alex Wong/Getty Images Prezident SShA Djo Bayden
Prezident SShA Djo Bayden  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.08.2022
Obuna bo‘lish
Bayden mamlakatning sharqiy qirg‘og‘ida joylashgan ushbu orolga AQSh vitse-prezidenti sifatida uch marta tashrif buyurgan
TOShKENT, 11 avg — Sputnik. AQSh prezidenti Jo Bayden kecha, 10-avgust kuni oilasi bilan Kiaua oroliga (Janubiy Karolina shtati) keldi. U orolda yetti kunlik ta’tilda bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda NBC telekanalining mahalliy bo‘limi xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, Bayden mamlakatning sharqiy qirg‘og‘ida joylashgan ushbu orolga AQSh vitse-prezidenti sifatida uch marta tashrif buyurgan, biroq bu safar uning davlat rahbari sifatidagi ilk safari. Davlatning birinchi shaxsi kelishini kutib, Kiaua shahri hokimiyati mahalliy aholini yaqin kunlarda orol bo‘ylab kuchaytirilgan xavfsizlik choralari ko‘rilishi, yo‘llarda tirbandlik yuzaga kelishi mumkinligi haqida ogohlantirgan.
Qayd etilishicha, kecha tushdan keyin Oq uy rahbari rafiqasi Jill Bayden, o‘g‘li Xanter, kelini Melissa Koen va nabirasi Bo bilan prezident samolyotida Endrus harbiy bazasidan Kiaua oroli yonida joylashgan Charlston port shahriga uchib ketgan.
Hozircha AQSh ma’muriyati Amerika rahbarining ta’tiliga oid ma’lumotlarni tasdiqlamadi, shuningdek, uning vaqti va ushbu davrda Bayden bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin bo‘lgan voqealar haqida ma’lumotni oshkor qilmadi. Prezident oilasi joylashgan orol o‘zining shaxsiy plyajlari va golf kurortlari bilan mashhur.
AQShning amaldagi prezidenti Kongressdagi ovoz berish, AQSh qo‘shinlarining Afg‘onistondan olib chiqib ketilishi va koronavirus pandemiyasi avj olgani sababli avvalgi yozgi ta’tilni to‘liq o‘tkaza olmagan.
Yangiliklar lentasi
0