Ertaga Yer shariga yaqin masofada ulkan asteroid uchib o‘tadi

© Depositphotos.com / Animaxx3dAsteroid nedaleko ot planeti Zemlya
Asteroid nedaleko ot planeti Zemlya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.08.2022
Obuna bo‘lish
Fazoviy jism Yerdan 4,3 mln kilometr olislikda uchib o‘tishi taxmin qilinmoqda. Fazoviy o‘lchamlarda bu juda yaqin masofa sanaladi.
TOShKENT, 11 avg — Sputnik. Ertaga potensial xavfli hisoblangan ulkan asteroid Yerga yaqinlashadi. Bu haqida NASA xabar berdi.
Qayd etilishicha, fazoviy toshning tezligi tovush tezligidan 27 baravar yuqori.
Asteroidning tezligi 33 000 km/soatga teng. Yer havosida tovush tezligi taxminan 1200 km/soatni tashkil etadi.
Asteroidga “2015 FF” nomi berilgan bo‘lib, uning diametri 13 va 28 metr oralig‘ida ekani taxmin qilinmoqda.
Fazoviy jism Yerdan 4,3 mln kilometr olislikda uchib o‘tishi taxmin qilinmoqda. Fazoviy o‘lchamlarda bu juda yaqin masofa sanaladi.
Yerga 200 mln kilometrgacha yaqin keluvchi barcha asteroidlar sayyoramizga daxldor obyektlar qatoriga kiradi. 7,8 mln kilometrgacha yaqinlashuvchilari esa Yerga bevosita xavf tug‘diruvchi potensial xavfli asteroidlar sanaladi.
Yangiliklar lentasi
0