O‘zbekistonda minorali kranning ayol operatori haqida film suratga olinmoqda

© Kinematografiya agentligiNargiza Arslanova
Nargiza Arslanova  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.08.2022
Obuna bo‘lish
Filmdan ko‘zlangan maqsad O‘zbekistonda ayollar ham katta muvaffaqiyatlarga erishishi mumkinligini ko‘rsatib berishdir.
TOShKENT, 11 avg — Sputnik. “Tashkent city” qurilishida ishtirok etayotgan minorali kran operatori Nargiza Arslanova hayoti haqida film suratga olinmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Qayd etilishicha, Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Yoshlik” kinostudiyasi “Osmondagi qiz” murakkab postanovkali badiiy filmini suratga olishga kirishgan. Film postanovkachi rejissori Anvar Madraimov, ssenariy mualliflari Adil Koptan va Yan Milenin, badiiy rahbar Rashid Malikov.
“Ushbu film poytaxtimizdagi “Tashkent city”majmuasining qurilishi va unda ishtirok etayotgan minorali kran operatori Nargizaning hayot yo‘li haqida hikoya qiladi”, - deyiladi xabarda.
Badiiy rahbar Rashid Malikovga ko‘ra, film O‘zbekistonda ayollar ham katta muvaffaqiyatlarga erishishi mumkinligini ko‘rsatib beradi.
“Bunda ayol jasorati, irodasi gavdalantirilar ekan, o‘zbek ayolining aql-zakovatiga alohida urg‘u beriladi. Badiiy filmda hayotiy voqealardan foydalanilmoqda. Qahramon ham aynan shu bugungi texnika taraqqiy etgan davrda yashayapti. Toshkentning bugungi o‘zgarishlariga guvoh bo‘lyapti. “Osmondagi qiz” o‘zbek ayollarining yutuqlari haqida eng yaxshi film bo‘ladi. Qolaversa, Toshkentning turistik salohiyatini ham keng targ‘ib qiladi”, - deydi Rashid Malikov.
Yangiliklar lentasi
0