O‘zbekistonlik haydovchilarning Turkmanistonga kirish vizasini olishi osonlashishi mumkin

© O‘zbekiston transport vazirligiO‘zbekiston va Turkmaniston Ashxobod shartnomasi doirasidagi ishlarni faollashtirishga kelishib oldi
O‘zbekiston va Turkmaniston Ashxobod shartnomasi doirasidagi ishlarni faollashtirishga kelishib oldi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.08.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbek haydovchilari uchun Turkmanistonga kirish vizasini berish talablarini soddalashtirish va muddatlarini qisqartirish kutilmoqda.
TOShKENT, 11 avg — Sputnik. O‘zbekiston Turkmanistonga xalqaro yuk tashuvchi o‘zbek haydovchilari uchun respublikaga kirish vizasini berish talablarini soddalashtirishni taklif qildi. Taklif transport masalalari bo‘yicha o‘zbek turkman ishchi guruhining navbatdagi uchrashuvida bildirildi.
O‘zbekiston Transport vazirligi xabariga ko‘ra, transport vaziri o‘rinbosari A.Mo‘minov “Turkmen avtoulaglari” agentligi raisining o‘rinbosari V.Xodjanepesov bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilgan.

"O‘zbekiston tomoni avtomobil transportida xalqaro yuk tashuvlarini amalga oshirayotgan o‘zbek haydovchilari uchun Turkmanistonga kirish vizasini berish talablarini soddalashtirish va muddatlarini qisqartirish yuzasidan turkman tomoniga takliflarini bildirdi", - deyilgan xabarda.

Qayd etilishicha, “Turkmanboshi” porti orqali o‘tuvchi transport yo‘laklari butun mintaqa uchun muhim va bu yo‘nalishdagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish zarur.
Tomonlar tranzit yo‘nalishlarda yuk tashish hajmini oshirish uchun temir yo‘l infratuzilmasini yanada modernizatsiya qilish, shuningdek, yuk tashuvlarida transport xarajatlarini kamaytirish maqsadida chegirmalar taqdim etish choralarini ko‘rishga kelishib oldilar.
Shuningdek, uchrashuvda O‘zbekiston – Turkmaniston – Eron – O‘mon transport yo‘lagining barcha ishtirokchilari bilan Ashxobod shartnomasi doirasidagi ishlarni faollashtirishga kelishib olindi.
Yangiliklar lentasi
0