Rossiyalik olimlar sun’iy intellektga tashxis qo‘yishni o‘rgatishdi

© Pixabay / Gerd AltmannIskusstvenniy intellekt
Iskusstvenniy intellekt - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.08.2022
Obuna bo‘lish
Sechenov universiteti olimlari shifokorlarga tashxis qo‘yishda yordam beradigan sun’iy intellektni o‘rgatdi.
TOShKENT, 11 avg — Sputnik. I. M. Sechenov nomidagi Moskva davlat tibbiyot universiteti olimlari sun’iy intellektni shifokorlarga tashxis qo‘yishda yordam berishga o‘rgatishdi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
“Sechenov universitetining Murakkab tizimlarni tahlil qilish markazi olimlari tashxis qo‘yishning raqamli usulini ishlab chiqdi. Mazkur raqamli texnika yordamida bemorni davolash vaqtini 20 foizga qisqartirish mumkin”, - deyiladi xabarda.
Mutaxassislar kompyuter tomografiya apparatlari, yurak stimulyatori, insulin o‘lchagichlari, MRT apparatlari, yurak magnitafonlari va boshqa tibbiy asbob-uskunalar ma’lumotlaridan foydalangan, bu esa har bir bemorning biologik hamda kimoviy tizimining ishlashi haqida tasavvurga ega bo‘lish imkonini bergan.
Ishlab chiqilgan algoritmlar individual organizmning davolanishga reaksiyasi prognozini simulyatsiya qiladi va davolovchi shifokor tomonidan buyurilgan terapiyani qabul qilish kasallik hamda o‘limga qanday ta’sir qilishini aniqlashga yordam beradi.
Xabarga ko‘ra, tadqiqotning eksperimental va klinik bosqichidan so‘ng olimlar davolashning yeng maqbul modelini qanday tanlashni o‘rgangan.

“Ishlab chiqilgan texnologiya davolanish vaqtini kamida 20 foizga qisqartiradi va shifokorlarga boshqa bemorlarga ko‘proq vaqt ajratishga imkon beradi. Bundan tashqari, texnika inson omilini minimallashtirishga yordamlashadi”, - deyiladi universitet matbuot xizmati xabarida.

Yangiliklar lentasi
0