Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Ukraina qo‘shinlari Zaporojye AESni yana o‘qqa tutdi

© Sputnik / Konstantin Mixalchevskiy / Mediabankka o‘tishZaporojskaya AES naxoditsya pod kontrolem rossiyskix voyennix
Zaporojskaya AES naxoditsya pod kontrolem rossiyskix voyennix - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.08.2022
Obuna bo‘lish
Zaporojye AESi 5-avgustdan boshlab bir necha bor o‘qqa tutildi, "Uragan" reaktiv tizimidan berilgan zarbada raketa parchalari stansiyaning ishlayotgan blokidan taxminan 400 metr uzoqlikda qulab tushdi.
TOShKENT, 11 avg - Sputnik. Ukraina qo‘shinlari Zaporojye atom elektr stansiyasini bugunning o‘zida ikkinchi marta o‘qqa tutdi, deya xabar bermoqda viloyat rasmiylari. RIA Novosti xabariga asosan.
Zarba natijasida qurbonlar yo‘q, biroq stansiya o‘z vaqtida “smenani almashtirv” olmadi.
© Sputnik / Konstantin Mixalchevskiy / Mediabankka o‘tishZaporojskaya AES naxoditsya pod kontrolem rossiyskix voyennix
Zaporojskaya AES naxoditsya pod kontrolem rossiyskix voyennix - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.08.2022
Zaporojskaya AES naxoditsya pod kontrolem rossiyskix voyennix
Maxsus operatsiya davomida rus harbiylari Xerson viloyati va Zaporoje viloyatining bir qismini egallab oldi, hududlarda yangi ma’muriyatlar tashkil etildi. Ular, shuningdek, quvvati va bloklari soni bo‘yicha Yevropadagi eng yirik bo‘lgan Zaporojye atom elektr stansiyasini ham himoyaga oldilar.

Ukraina qo‘shinlari ZAESni 5-avgustdan boshlab bir necha bor o‘qqa tutishdi. 7-avgustga o‘tar kechasi Ukraina qo‘shinlari "Uragan" yoppasiga o‘t ochish reaktiv tizimidan zarba berishdi. Raketa parchalari va dvigateli stansiyaning ishlayotgan blokidan taxminan 400 metr uzoqlikda qulab tushdi. Ayni damla o‘qqa tutilgan ikkita blok to‘liq quvvat bilan ishlamayapti.

Kiyevning harakatlari fonida Moskva BMT Xavfsizlik Kengashi yig‘ilishini o‘tkazishni talab qildi. Bundan tashqari, MAGATE bosh direktori Rafael Grossi boshchiligidagi ekspertlar missiyasining stansiyaga tashrifi tayyorlanmoqda.
Zaporojskaya AES - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.08.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
MAGATE rahbari Zaporojye AESning o‘qqa tutilishidan xavotir bildirdi
Yangiliklar lentasi
0