“O‘zbekneftgaz” o‘z AYoQShlarida Ai-80 avtobenzini yo‘q ekani haqidagi xabarni rad etdi

© Sputnik / Konstantin MixalchevskiyZapravochnaya kolonka
Zapravochnaya kolonka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.08.2022
Obuna bo‘lish
Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, Ai-80 avtobenziniga bo‘lgan talab kundan-kunga ortib bormoqda.
TOShKENT, 14 avg — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda "O‘zbekneftgaz" AJ tasarrufidagi UNG Petro korxonasi AYoQShlarida Ai-80 avtobenzini yo‘q ekani haqida xabarlar tarqaldi. Kompaniya bu xabarlarni rad etib chiqdi.
O‘zbekneftgaz” AJning Toshkent shahri va viloyatiga qarashli AYoQShlarda 1 litr Ai-80 rusumli avtobenzin narxi 6 800 so‘mdan sotilayotgani va yetishmovchilik kuzatilmayotgani borasida rasman ma’lum qilamiz”, - deyilgan xabarda.
O‘zbekneftgaz” ma’lumotlariga ko‘ra, Ai-80 avtobenziniga bo‘lgan talab kundan-kunga ortib bormoqda. Agar “UNG Petro” MChJ iyun oyida o‘rtacha bir kunda 529 tonna sotgan bo‘lsa, iyul oyiga kelib o‘rtacha bir kunda 611 tonna yoki 82 tonnaga talab oshgan. Avgust oyida esa talab yanada oshib borayotgani kuzatilmoqda.
Kompaniya iste’molchilarning 65 foiz talabini qoplashi, qolgani boshqa ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchilar tomonidan qoplanashini ta’kidlagan. Buxoro neftni qayta ishlash zavodini benzin ishlab chiqarish uskunalari 110 foiz quvvatda ishlamoqda.
Avvalroq "O‘zbekneftgaz" mamlakatda Ai-80 rusumli avtobenzin narxi to‘satdan qimmatlashishi yuzasidan munosabat bildirgan edi.
Yangiliklar lentasi
0