Rostov viloyati gubernatori: O‘zbekiston muhim strategik hamkor

© "Dunyo" AARostov-Don shahrida O‘zbekiston bilan mintaqalararo hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
Rostov-Don shahrida O‘zbekiston bilan mintaqalararo hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.08.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston bosh konsuli va Rossiyaning Rostov viloyati gubernatori o‘zaro hamkorlik istiqbollari muhokama qildi.
TOShKENT, 14 avg — Sputnik. O‘zbekiston bosh konsuli Burxon Aliqulov Rossiyaning Rostov viloyati gubernatori Vasiliy Golubev bilan uchrashdi.
“Dunyo” AA xabariga ko‘ra, uchrashuvda mintaqalararo hamkorlikni rivojlantirish hamda iqtisodiyotning boshqa sohalaridagi o‘zaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilingan.
“O‘zbekiston muhim strategik hamkor. So‘nggi yillarda biz hamkorlikning sur’atini, yaxshi natijasini ko‘rdik va munosabatlarimizni rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlar mavjudligini aniq tushunamiz”, - dedi Vasiliy Golubev.
Rostov viloyati qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, mashinasozlik, metallurgiya va ko‘mir sanoati, shuningdek, shamol energiyasi bo‘yicha Rossiyaning eng yirik subyektlaridan biri hisoblanadi.
Suhbat chog‘ida Golubev bu yil ekish ishlari yuqori darajada tashkil etilgani va mahalliy “Rostselmash” zavodida ishlab chiqarilgan o‘rim-yig‘im uskunalari bilan yaxshi jihozlanganlik tufayli viloyatda rekord darajadagi 14,6 million tonna g‘alla hosili yig‘ib olinganini ta’kidladi.
Mintaqada fuqarolik va mudofaa maqsadlariga mo‘ljallangan transport va uskunalar ishlab chiqarish ham ijobiy rivojlanmoqda. Xususan, vertolotlar, elektrovozlar, qozonxonalar, shamol elektr stansiyalari, boshqa sohalar uchun po‘lat minoralar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.
O‘zbekiston Tovar-xom ashyo birjasi Rossiyada savdo maydonchalarini ochdi
O‘zbekiston so‘nggi yillarda ko‘plab mamlakatlar, jumladan, Rossiya bilan ko‘p qirrali amaliy hamkorlikni jadal rivojlantirmoqda. 2022-yil yanvar-iyun oylarida Rossiya bilan tashqi savdo aylanmasi 4,65 mlrd dollarni yoki 58 foizni tashkil etdi. O‘zaro tovar ayirboshlash 32 foizga oshgan. Qo‘shma Loyiha ofisining faoliyati doirasida qariyb 40 ta yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Hududlararo aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuv yo‘nalishida samarali ishlar olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0