Hafta oxiriga kelib havo salqinlashadi

© unsplash.com/Kseniia ZaitsevaZaxod solnsa. jarkaya pogoda
Zaxod solnsa. jarkaya pogoda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.08.2022
Obuna bo‘lish
Chorshanba kunidan O‘zbekistonga Ural hududlaridan salqin havo kirib kelishi boshlanadi.
TOShKENT, 15 avg — Sputnik. Bugun va ertaga O‘zbekiston hududi bo‘yicha quruq va biroz issiq harorat saqlanib turadi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Qayd etilishicha, faqat 16-avgust kuni Farg‘ona vodiysi tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzi harorat +36...+39 darajagacha isiydi va shu kunlarning o‘rtacha iqlimiy qiymatlaridan yuqori bo‘ladi.
Hafta o‘rtasi — chorshanba kunidan mamlakat hududiga Ural hududlaridan salqin havo kirib kelishi boshlanadi, bu esa issiq pasayishiga olib keladi.
Ish haftasining oxiriga klib, havo harorati kechalari +16...+20 darajagacha, kunduz kunlari +30...+33 darajagacha pasayadi. Barcha hududlar bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Ushbu davrda yomg‘ir yog‘ishi kutilmaydi.
Yangiliklar lentasi
0