Mirziyoyev shu hafta Saudiya Arabistoniga boradi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev vernulsya v Tashkent
Prezident Shavkat Mirziyoyev vernulsya v Tashkent - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.08.2022
Obuna bo‘lish
Tashrif Saudiya Arabistoni podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning taklifiga binoan amalga oshirilmoqda.
TOShKENT, 15 avg — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17-18 avgust kunlari Saudiya Arabistoniga tashrif buyuradi. Bu haqda bugun prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ishtirokidagi brifingda ma’lum qilindi, deya xabar berdi Sputnik muxbiri.
Qayd etilishicha, mazkur tashrif Saudiya Arabistoni podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning taklifiga binoan amalga oshirilmoqda. Bu oxirgi 30-yil ichida O‘zbekiston rahbarining ushbu mamlakatga ilk tashrifi hisoblanadi.
Tashrif dasturiga muvofiq Jidda shahrida oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi. Ularda mamlakatlar o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilinadi. Alohida e’tibor “yashil iqtisodiyot”, yuqori texnologiyalar va raqamlashtirish, innovatsiyalar, kichik biznes va tadbirkorlik sohalariga qaratiladi.
Sammit yakunida ikki tomonlama hujjatlarning katta to‘plami imzolanishi kutilmoqda. Shuningdek, davlat rahbari Saudiyaning yetakchi kompaniyalari, nufuzli xalqaro tuzilmalar – Islom hamkorlik tashkiloti va Islom taraqqiyot banki rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazadi.
Shu bilan birga prezident Makkai Mukarrama va Madinai Munavvarani ziyorat qiladi.
Yangiliklar lentasi
0