O‘zbekistonning yana 51 ta tumanida gemodializ xizmati yo‘lga qo‘yiladi

© Sputnik / Denis Abramov / Mediabankka o‘tishLechenie bolnix Covid-19 v krayevoy infeksionnoy bolnitse Stavropolya
Lechenie bolnix Covid-19 v krayevoy infeksionnoy bolnitse Stavropolya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.08.2022
Obuna bo‘lish
Hozirda gemodializ xizmati yo‘lga qo‘yilgan tumanlar soni 23 taga yetdi.
TOShKENT, 15 avg — Sputnik. Shu yil yakuniga qadar viloyatlar markazidan 50-100 kilometrgacha uzoqlikda bo‘lgan jami 51 ta tumanda gemodializ xizmati yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqida Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekistonda gemodializ xizmati yo‘lga qo‘yilgan tumanlar soni 23 taga yetdi.
“Viloyatlar markazida yo‘lga qo‘yilishi kutilayotgan gemodializ xizmati natijasida 528 nafar bemorga o‘zi yashab turgan hududda muolaja olish imkoni yaratiladi”, deyiladi xabarda.
Sentabr oyidan esa Toshkent shahrida 700 nafar bemorga xizmat ko‘rsatuvchi shunday muassasa faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati va Toshkent shahrida 1 100 nafar bemorga gemodializ xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha Hindistonning “Nephrocare Health Services Central Asia” kompaniyasi bilan davlat-xususiy sheriklik asosidagi bitim imzolandi.
Unga ko‘ra aprel oyida Nukusda 150 nafar bemorga xizmat ko‘rsatuvchi yangi gemodializ klinikasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Shuningdek, Xorazm viloyatining Urganch va Bog‘ot tumanlarida 250 nafar bemorga xizmat ko‘rsatuvchi gemodializ klinikalari ish boshladi.
Hozirda doimiy gemodializ muolajasini olayotgan 4 456 nafar bemor qo‘shimcha 5 turdagi dori vositalari (geparin, eritropoetin, temir preparatlari, V va S guruh vitaminlari) bilan bepul ta’minlanmoqda.
Gemodializ xizmatini rivojlantirish maqsadida Davlat budjetidan ajratilayotgan mablag‘lar miqdori 145 mlrd so‘mni tashkil etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0