Ko‘p qutbli dunyo tartibi shakllanmoqda – Putin

© Sputnik / Sergey GuneyevPrezident RF Vladimir Putin
Prezident RF Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.08.2022
Obuna bo‘lish
Putin: bir qutbli dunyo tartibi davri o‘tmishga aylanib bormoqda.
TOShKENT, 16 avg — Sputnik. Ko‘p qutbli dunyo tartibining konturlari faol shakllanmoqda: ko‘proq mamlakatlar va xalqlar o‘zligi, an’analari, qadriyatlaridan kelib chiqib, erkin, suveren taraqqiyot yo‘lini tanlamoqda. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Xalqaro xavfsizlik bo‘yicha X Moskva anjumani ishtirokchi va mehmonlariga yo‘llagan murojaatida ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, ko‘p qutbli dunyoni shakllantirishning obyektiv jarayonlariga “G‘arb globalistik elitalari tomonidan betartiblik qo‘zg‘atuvchi, eski va yangi nizolarni qo‘zg‘ovchi, to‘sib qo‘yish deb ataladigan siyosatni amalga oshiruvchi va aslida har qanday muqobil, suveren rivojlanish yo‘llariga putur yetkazadigan” qarshilik ko‘rsatilmoqda.
“Globalistik elitalar o‘z qo‘llaridan sirg‘alib ketayotgan gegemoniya va hokimiyatni saqlab qolish uchun bor kuchlari bilan harakat qilmoqda, ular mamlakatlar va xalqlarni yangi mustamlakachilik tuzumi qo‘lida ushlab turishga harakat qilmoqda. Ularning gegemonligi butun dunyo uchun, butun sivilizatsiya uchun turg‘unlik, jaholatparastlik va madaniyatni yo‘q qilish, neoliberal totalitarizmni anglatadi”, deydi Putin.
Qayd etilishicha, bir qutbli dunyo tartibi davri o‘tmishga aylanib bormoqda.
“Zamonaviy ko‘p qutbli dunyo tizimini tubdan mustahkamlash orqaligina dunyoda keskinlikni pasaytirish, harbiy-siyosiy sohadagi tahdid va xatarlarni bartaraf etish, mamlakatlar o‘rtasidagi ishonch darajasini oshirish va ularning barqaror rivojlanishini ta’minlash mumkin”, dedi Rossiya prezidenti.
Yangiliklar lentasi
0