Toshkent viloyati prokurori Qashqadaryo viloyatiga prokuror etib tayinlandi

© Bosh prokuratura matbuot xizmatiSalom Samadov
Salom Samadov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.08.2022
Obuna bo‘lish
2018 yildan buyon Toshkent viloyati prokurori lavozimida ishlab kelayotgan Salom Samadov Qashqadaryoga prokuror etib tayinlandi.
TOShKENT, 16 avg — Sputnik. Salom Samadov Qashqadaryoga prokuror etib tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Mazkur tayinlovga qadar u Toshkent viloyati prokurori lavozimida faoliyat yuritgan.
Ma’lumot uchun, Salom Samadov 1963-yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, huquqshunos. 1990-yilda Xarkov yuridik institutini tamomlagan.
Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 1990-yilda Buxoro viloyati F.Xo‘jayev tuman prokuraturasida boshlagan.
Shuningdek, u Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, Xatirchi va Karmana tumanlari prokurori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Qashqadaryo viloyati prokurori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari lavozimida ham ishlagan. 2018-yil 15-oktabrda Salom Samadov Toshkent viloyat prokurori lavozimiga tayinlangan.
Yangiliklar lentasi
0