Toshkentda yangi avtobus yo‘nalishlari yo‘lga qo‘yildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVozobnovlenie dvijeniya obshestvennogo transporta v Tashkente
Vozobnovlenie dvijeniya obshestvennogo transporta v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.08.2022
Obuna bo‘lish
Aholining jamoat transportidan foydalanish darajasini oshirish maqsadida yangi avtobus yo‘nalishlari tashkil etildi – tafsilotlar.
TOShKENT, 16 avg — Sputnik. Bugundan boshlab 4ta yangi yo‘nalishlarda avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Bu haqida “Toshshahartransxizmat” xabar berdi.
20-sonli "Ibn Sino 1-mavzesi-Gulobod ko‘chasi" yo‘nalishi
Yo‘nalish harakati to‘g‘ri yo‘nalishda "Ibn Sino 1-mavzesi"dan Beltepa, Zangiota, Jarariq, Ko‘ksaroy, Ipakchi 2-tor, Ipakchi, Qo‘rg‘oncha, Oqsoy, Ko‘kcha Darvoza, Laylitog‘on, Gulobod ko‘chalari orqali "Gulobod ko‘chasi"ga qadar soat 6:00 dan 21:30 gacha harakatlanishi belgilangan.
139-sonli "Birlik mavzesi-Chilonzor metrosi" yo‘nalishi
Yo‘nalish harakati to‘g‘ri yo‘nalishda "Birlik mavzesi"dan Ko‘rkam, Ko‘kcha Darvoza, Nazarbek, Jurjoniy, Farhod, Kichik halqa yo‘li ko‘chalari orqali "Chilonzor metrosi"ga qadar, qaytish yo‘nalishida "Chilonzor metrosi"dan Kichik halqa yo‘li, Farhod, Jurjoniy, Uchtepa ko‘chalari orqali "Birlik mavzesi"ga qadar soat 6:00 dan 21:15 gacha harakatlanadi.
52-sonli "Uchuvchilar shaharchasi-Toshkent vokzali" yo‘nalishi
Yo‘nalish harakati to‘g‘ri yo‘nalishda "Uchuvchilar shaharchasi"dan Uchuvchilar, S.Tolipov 1-tor, Qumariq, G.Aliyev, Temiryo‘lchilar, Sariko‘l, Turkiston ko‘chalari orqali, "Toshkent vokzali"ga qadar, qaytish yo‘nalishida "Toshkent vokzali" bekatidan Turkiston, Sariko‘l, Temiryo‘lchilar, G.Aliyev, Qumariq, S.Tolipov 1-tor, Uchuvchilar ko‘chalari orqali "Uchuvchilar Shaharchasi" bekatiga qadar soat 6:00 dan 21:30 gacha o‘z faoliyatini olib boradi.
138-sonli "Shifokorlar shaharchasi-Beruniy metrosi" yo‘nalishi
Yo‘nalish harakati to‘g‘ri yo‘nalishda "Shifokorlar shaharchasi"dan Qamarniso, Shifokorlar, Farobiy, Paxtachi, Zafarobod, Kichik halqa yo‘li, Farobiy ko‘chalari orqali "Beruniy metrosi"ga qadar, Beruniy, Kichik halqa yo‘li, Zafarobod, Paxtachi, Shifokorlar, Qamarniso ko‘chalari orqali "Shifokorlar shaharchasi"ga qadar soat 6:00 dan 21:30 gacha harakatlanishi belgilangan.
Mazkur yo‘nalishlarda ISUZU rusumli avtobuslar harakatlanadi.
Yangiliklar lentasi
0