Akademik litseylarga kirish test sinovlari tartibi ma’lum bo‘ldi

© Sputnik / Kirill Braga / Mediabankka o‘tishInteraktivnaya shkola v Volgograde
Interaktivnaya shkola v Volgograde - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.08.2022
Obuna bo‘lish
Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 146 ball etib belgilandi.
TOShKENT, 17 avg — Sputnik. Akademik litseylarga kirish test sinovlari ta’lim yo‘nalishiga mos 2 ta fan va intellektual qobiliyat darajasi (IQ) ni aniqlash bo‘yicha o‘tkaziladi. Bu haqida Davlat test markazi xabar berdi.
Qayd etilishicha, talabgorlarga har bir fandan 20 tadan jami 60 ta test topshirig‘i va ularni bajarish uchun javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga 1 soat 50 daqiqa vaqt ajratiladi.
Ballqar quyidagicha taqsimlanadi:
Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 146 ball;
Ta’lim yo‘nalishiga mos fanlar bo‘yicha har bir tog‘ri javob uchun 3,1 ball (jami 124 ball);
Intellektual qobiliyat darajasini aniqlash bo‘yicha 1,1 ball (jami 22 ball).
DTMning rasmiy veb-saytiga o‘quvchilarning intellektual qobiliyat darajasini aniqlashda foydalaniladigan test spetsifikatsiyasi va namunaviy test topshiriqlari joylashtirildi.
Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani litsey.edu.uz saytidan va akademik litseylardan olishlari mumkin bo‘ladi.
“Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga 07:00 ga qadar shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, yangi o‘quv yili uchun akademik litseylarga kirish test sinovlari 22-avgust kuni 1-smenada 08:00 dan 09:50 ga qadar bo‘lib o‘tadi.
Yangiliklar lentasi
0