Malayziyada O‘zbekiston mahsulotlari ko‘rgazmasi ochildi

© pexels.com/Kai PilgerOdejda na veshalkax
Odejda na veshalkax - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.08.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Kuala-Lumpurga umumiy qiymati 1 mln dollarlik oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib beradi.
TOShKENT, 17 avg — Sputnik. Malayziya poytaxtida O‘zbekiston mahsulotlari shourumining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqida “Dunyo” AA xabar berdi.
Shourumda O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan to‘qimachilik, charm-poyabzal, oziq-ovqat va xalq hunarmandchiligi mahsulotlari namoyish etilmoqda.
Tadbir doirasida Malayziya va O‘zbekiston korxonalari o‘rtasida Kuala-Lumpurga umumiy qiymati 1 mln dollarlik oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha eksport shartnomalari imzolandi.
Shuningdek, milliy mahsulotlarni Malayziya bozorlarida keng targ‘ib qilish maqsadida shourumni mahsulotlar namunalari bilan muntazam to‘ldirib borish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Qayd etilishicha, mazkur ko‘rgazma zalining ochilishi O‘zbekistondan Malayziya va Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlariga mahsulotlar eksportini sezilarli darajada kengaytirish, Malayziyaning respublikaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalari hajmini oshirish va ushbu mintaqada mamlakatning turizm salohiyatini yuksaltirish nuqtayi nazaridan muhim ahamiyatga ega.
Ma’lumot uchun, Malayziyaning "Alpha Group" kompaniyasi 2020-yilda O‘zbekistonda "MS Alpha" MChJ korxonasini ta’sis etgan. O‘tgan yili ushbu kompaniya o‘zbek qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini Malayziyaga eksport qilingan.
Yangiliklar lentasi
0