Migratsiya

Rossiyada ishlayotgan oʻzbekistonliklar ogohlikka chaqirildi

© Sputnik / Yevgeniy OdinokovMoped kuryera slujbы dostavki servisa "Yandeks.Yeda"
Moped kuryera slujbы dostavki servisa Yandeks.Yeda - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.08.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi fuqarolardan norasmiy kuryerlik xizmatlarida ishlamaslikni va shubhali buyumlarni bir manzildan ikkinchi manzilga yetkazib bermaslikni soʻramoqda.
TOSHKENT, 17 avg — Sputnik. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyada ishlayotgan oʻzbekistonliklar norasmiy kuryerlik xizmatlarida ishlamaslikni soʻrab, ogohlikka chaqirdi.
Agentlik xabariga koʻra, Rossiyada taqiqlangan moddalar solingan buyurtmalarni yetkazib berish takliflari koʻpaygan. Oʻzbekiston fuqarolari orasida internet orqali katta miqdordagi pul evaziga mahsulotlarni bir manzildan ikkinchi manzilga yetkazib berish haqidagi eʼlonlar boʻyicha muammolar yuzaga kelmoqda.
“Murojaatlardan maʼlum boʻlmoqdaki, norasmiy kuryerlik xizmatlarida narkotik yoki taqiqlangan moddalar solingan buyurtmalarni yetkazib berish (zakladka) taklif qilinmoqda va buning oqibatida politsiya xodimlari tomonidan kuryerlar ushlanib, jinoiy javobgarlikka tortilmoqda”, - deyiladi xabarda.
Agentlik fuqarolardan norasmiy kuryerlik xizmatlarida ishlamaslikni, katta miqdordagi pul evaziga shubhali buyumlarni bir manzildan ikkinchi manzilga yetkazib bermaslikni yoki mahsulotni albatta tekshirishni soʻragan.
Qayd etish joizki, Rossiya qonunchiligiga koʻra, narkotik moddalarni sotish yoki yetkazib berish uchun uzoq muddatli qamoq jazosi belgilangan.
Yangiliklar lentasi
0