Rossiyasiz jahon iqtisodiyotini rivojlantirish mumkin emas – Volodin

© Sputnik / Mediabankka o‘tishPredsedatel Gosudarstvennoy Dumi RF Vacheslav Volodin, arxivnoe foto
Predsedatel Gosudarstvennoy Dumi RF Vacheslav Volodin, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.08.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya Davlat dumasi spikerining ta’kidlashicha, Rossiyaga qarshi sanksiyalar YeI va AQShga bumerang kabi zarba bermoqda.
TOShKENT, 17 avg — Sputnik. Rossiyasiz jahon iqtisodiyotini rivojlantirish mumkin emas, sanksiyalar samarasiz bo‘lib, ular Yevropa Ittifoqi va Amerika Qo‘shma Shtatlariga bumerang kabi zarba bermoqda, dedi Rossiya Davlat dumasi spikeri Vacheslav Volodin.
“Jahon iqtisodiyotini Rossiyasiz rivojlantirish mumkin emas... Sanksiyalar samarasiz bo‘lib chiqdi: Vashington va Brussel Rossiya iqtisodiyotiga kutayotgan zararni keltirmasdan, ular AQSh hamda Yevropa Ittifoqiga bumerang kabi zarba berdi”, - deb yozdi u o‘zining Telegram-kanalida.
Volodinning ta’kidlashicha, xorijiy iqtisodchilar Rossiyaning 2022-yilgi YaIMga nisbatan o‘z taxminlarini qayta ko‘rib chiqmoqda.
“Mart oyida Rossiyaga qarshi sanksiyalarning dastlabki uchta paketidan so‘ng darhol ekspertlar mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotining 12,4 foizga pasayishini bashorat qilishdi. Hozir (cheklovlarning oltinchi to‘lqinidan keyin) prognoz 4,7 foizga qisqardi”, - deya yozib qoldirdi siyosatchi.
Volodinning ta’kidlashicha, AQSh va YeI davlatlari bilan bog‘liq vaziyat teskari: tahlilchilar o‘z prognozlarini yomonlashtirib, ketma-ket ikki chorak davomida YaIMning pasayishini qayd etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0