Guterrish Zaporojye AESiga kelishga taklif qilindi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishGeneralniy sekretar Organizatsii Obyedinennix Natsiy Antoniu Guterrish
Generalniy sekretar Organizatsii Obyedinennix Natsiy Antoniu Guterrish - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.08.2022
Obuna bo‘lish
Rogov: Guterrish mahalliy aholining Ukraina tarkibida qolishni istamasligini, tarixiy vataniga, Rossiyaga qaytishga harakat qilayotganini shaxsan tekshirishi mumkin.
TOShKENT, 18 avg — Sputnik. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish Zaporojye viloyatiga tashrif buyurib, mahalliy aholining endi Ukraina tarkibida qolishni istamasligini shaxsan tekshirishi mumkin. Bu haqda RIA Novosti agentligiga viloyat ma’muriyati bosh kengashi a’zosi Vladimir Rogov ma’lum qildi.
Guterrish bugun Ukrainaga tashrifi doirasida Lvovda Turkiya yetakchisi Rajab Tayyip Erdog‘an va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uch tomonlama uchrashuvda ishtirok etadi. Guterrish ertaga, 19-avgust kuni Odessaga tashrif buyuradi.
“Biz BMT Bosh kotibining tashrifini ko‘rishdan xursand bo‘lamiz va mintaqamiz tinch hayotga intilayotgani va Zelenskiy jangarilari bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun qo‘lidan kelganicha harakat qilayotganini ko‘rsatishga tayyormiz. Guterrish mahalliy aholining Ukraina tarkibida qolishni istamasligini, tarixiy vataniga, Rossiyaga qaytishga harakat qilayotganini shaxsan tekshirishi mumkin”, dedi Rogov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, BMT Bosh kotibi tashrif davomida Ukraina armiyasi tomonidan muntazam ravishda o‘qqa tutilayotgan Zaporojye atom elektr stansiyasiga ham tashrif buyurishi mumkin.
“Birlashgan Millatlar Tashkiloti xalqlarning erkinlik va o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini kafolatlashga chaqirilganiga qaramay, janob Guterrish o‘zini bizni eshitmaganday qilib ko‘rsatishidan qo‘rqaman”, dedi Rogov.
Maxsus operatsiya davomida rus harbiylari Xerson viloyati va Zaporojye viloyatining Azov qismini nazoratga oldi, Xerson, Melitopol va Berdansk kabi yirik shaharlarni egallab oldi. Har ikki viloyatda yangi ma’muriyatlar shakllantirildi, Rossiya telekanallari va radiostansiyalari efirga uzatilmoqda, Qrim bilan savdo va transport aloqalari tiklanmoqda. Viloyatlar Rossiya tarkibiga kirish rejalarini e’lon qildi. Bundan tashqari, sakkiz yil o‘tgach, Shimoliy Qrim kanali blokdan chiqarildi.
Yangiliklar lentasi
0