"O‘zbekkonsert" Rossiyaning yirik konsert agentligi bilan shartnoma imzoladi

© Uzbekkonsert"Uzbekkonsert" budet sotrudnichat s rossiyskim konsertnim agentstvom
Uzbekkonsert budet sotrudnichat s rossiyskim konsertnim agentstvom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.08.2022
Obuna bo‘lish
"Headliner Music" kompaniyasi san’atkorlar faoliyatini boshqarish, gastrol va konsertlarni uyushtirish bilan shug‘ullanadi.
TOShKENT, 18 avg - Sputnik. "O‘zbekkonsert" direktori D. Sheraliyev Rossiyaning "Headliner" kompaniyasi rahbari K. Feldman bilan uchrashdi.
Uchrashuvda San’atkorlar, ijodkor va ijrochilarning huquqlarini himoya qilish palatasi raisi B. Toshov ishtirokida tomonlar kelajakda musiqa va konsert yo‘nalishlarida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Ma’lumot uchun, "Headliner Music" kompaniyasi "Headliber" reklama agentligining bo‘linmasi bo‘lib, uning asosiy vazifasi san’atkorlar faoliyatini boshqarish, gastrol va konsertlarni uyushtirish, Rossiyada, qo‘shni mamlakatlarda musiqiy mahsulotlarni tarqatish hisoblanadi.
Shuningdek kompaniya dunyodagi eng yirik musiqa distributorlarining rasmiy hamkori bo‘lib, musiqa va konsert sanoatida samarali natijalarga erishgan.
© Uzbekkonsert"Uzbekkonsert" budet sotrudnichat s rossiyskim konsertnim agentstvom
Uzbekkonsert budet sotrudnichat s rossiyskim konsertnim agentstvom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.08.2022
"Uzbekkonsert" budet sotrudnichat s rossiyskim konsertnim agentstvom
Yangiliklar lentasi
0