Rossiya klubi 19 yoshli o‘zbekistonlik futbolchi bilan shartnoma imzoladi

© Foto: FK "Bunyodkor"Umarali Raxmonaliyev
Umarali Raxmonaliyev  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.08.2022
Obuna bo‘lish
Umarali Rahmonaliyev qishda qozonliklar safida to‘p surishni boshlaydi.
TOShKENT, 18 avg — Sputnik. Rossiyaning "Rubin" futbol klubi o‘zbekistonlik yarim himoyachi Umarali Rahmonaliyev transferi borasida kelishuvga erishdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Rahmonaliyev qishda "Bunyodkor" bilan amaldagi shartnomasi yakuniga yetgach, Qozon jamoasi safiga borib qo‘shiladi. Shartnoma 3,5 yilga mo‘ljallangan.
Futbolchi "Bunyodkor" safida joriy mavsum Superliga doirasida 12 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol urgan.
"Rubin" bu mavsumda Rossiya birinchi ligasida 5-turdan so‘ng 8 ochko bilan 8-o‘rinda bormoqda.
Yangiliklar lentasi
0