Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya QK Xarkovda 90 dan ortiq yollanma askarni yo‘q qildi

© Sputnik / RIA Novosti / Mediabankka o‘tishProvedenie spetsoperatsii VS RF v yujnom napravlenii
Provedenie spetsoperatsii VS RF v yujnom napravlenii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.08.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya Mudofaa vazirligi: Xarkovdagi yollanma bazada 90 dan ortiq jangari yo‘q qilindi.
TOShKENT, 18 avg — Sputnik. Rossiya Qurolli Kuchlari Xarkovda 90 dan ortiq xorijlik yollanma askarni yo‘q qildi. Bu haqda payshanba kuni Rossiya Mudofaa vazirligi rasmiy vakili Igor Konashenkov ma’lum qildi.
“Yerdan yuqori aniqlikdagi qurol Xarkov shahridagi xorijlik yollanma askarlarning vaqtinchalik bazasiga zarba berdi. 90 dan ortiq jangari yo‘q qilindi”, - dedi u.
Konashenkovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Aerokosmik kuchlarining armiya aviatsiyasi Nikolayev viloyatining Posad-Pokrov tumanida Ukraina Qurolli Kuchlari 28-mexaniklashtirilgan brigadasining 1-bataloni vaqtincha joylashtirish nuqtasiga hujum qilgan. Natijada 60 ga yaqin millatchi va sakkizta maxsus texnika yo‘q qilingan.
Rossiya 24-fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qildi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin ushbu operatsiyaning maqsadi sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish deb atagan.
Buning uchun Ukrainani demilitarizatsiya (harbiy infratuzilmalarini yo‘q qilish) va denatsifikatsiya (millatchilik g‘oyalaridan tozalash) qilish talab etiladi.
Mudofaa vazirligi bayonotiga ko‘ra, Qurolli Kuchlar faqat harbiy infratuzilma va Ukraina qo‘shinlariga zarba bermoqda. 25-martga kelib ular birinchi bosqichning asosiy vazifalarini bajarishdi - Ukrainaning jangovar salohiyatini sezilarli darajada kamaytirishdi.
Rossiya Mudofaa vazirligi endi asosiy maqsad - Donbassni ozod qilish ekanini ta’kidlagan. 3-iyul kuni Lugansk xalq respublikasi to‘liq ozod qilindi.
Yangiliklar lentasi
0