Toshkentdagi ko‘p qavatli binoda yong‘in sodir bo‘ldi – video

© Sputnik / Ilya PitalevPojar na sklade , arxivnoe foto
Pojar na sklade , arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.08.2022
Obuna bo‘lish
Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari natijasida yong‘in qo‘shni xonadonlarga o‘tib ketishning oldi olingan.
TOShKENT, 18 avg — Sputnik. Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) Toshkent shahriMirzo Ulug‘bek tumanidagi ko‘p qavatli binoda sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan ma’lumot berdi.
Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, 18-avgust kuni soat 09:40 da Mirzo Ulug‘bek tumani Qori-Niyoziy ko‘chasida joylashgan 8-qavatli uyning 5-qavatida yong‘in ro‘y berganligi to‘g‘risidagi xabar shahar FVBga kelib tushgan.
Shunga ko‘ra 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 09:45 da yetib borib, yong‘in soat 09:56 da qurshab olingan va soat 09:58 da o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida xonadonning ayvon (balkon) qismini taxminan 18-20 kv.m maydonda ichki, shift qismi va uy-jihozlari yonib zararlangan. Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari natijasida yong‘in qo‘shni xonadonlarga o‘tib ketishningoldi olingan.
Yong‘in oqibatida fuqarolarni tan jarohati olish va halok bo‘lish holatlari yo‘q.
Yangiliklar lentasi
0