Dunyoda

Erdogʻan Zelenskiyga Putin bilan uchrashuv tashkillashtirishni taklif qildi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka oʻtishPrezident Turtsii Redjep Tayip Erdogan
Prezident Turtsii Redjep Tayip Erdogan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.08.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Erdogʻan: Sochiga tashrifim chogʻida Putinga aytganimdek, janob Zelenskiyga ham ular oʻrtasida uchrashuv oʻtkazishimiz mumkinligini eslatdim.
TOSHKENT, 19 avg — Sputnik. Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdogʻan Lvovdagi muzokaralar chogʻida Vladimir Zelenskiyga Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan Turkiyada uchrashuv oʻtkazishni taklif qilganini aytdi.
Turkiya rahbarining soʻzlariga koʻra, uchrashuvning asosiy mavzusi fevral oyidan beri davom etayotgan mojaro boʻlgan.
“Biz janob Zelenskiy bilan ikki tomonlama munosabatlarimizning barcha jabhalarini muhokama qildik. Men birdamligimiz va Ukrainaning hududiy yaxlitligi va suverenitetini qoʻllab-quvvatlashimiz davom etishini yana bir bor taʼkidladim. Sochiga tashrifim chogʻida Putinga aytganimdek, janob Zelenskiyga ham ular oʻrtasida uchrashuv oʻtkazishimiz mumkinligini eslatdim”, dedi Erdogʻan Lvovdan qaytgach, samolyotda jurnalistlarga.
Uning soʻzlariga koʻra, uch tomonlama uchrashuvda (Erdogʻan, Zelenskiy va BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish) Ukraina gʻallasini eksport qilishni osonlashtirish boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan qadamlar muhokama qilingan. Bundan tashqari, Turkiya prezidenti Putin bilan Zaporojye atom elektr stantsiyasidagi vaziyatni muhokama qilmoqchi ekanligini qoʻshimcha qilgan.
24 fevraldan beri Rossiya Ukrainada harbiy operatsiya oʻtkazmoqda, Vladimir Putin bundan maqsadni “sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan bezorilik va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan. Mudofaa vazirligi armiya birinchi bosqichning asosiy vazifalarini allaqachon bajarganini xabar qilgan - bu Ukraina Qurolli kuchlarining jangovar salohiyatini sezilarli darajada pasaytirgan.
Yangiliklar lentasi
0