Toshkentda ShHTga a’zo davlatlar harbiy orkestrlari ishtirokida festival o‘tkaziladi

© Sputnik / Vladimir Vyatkin / Mediabankka o‘tishVoyenniy orkestr Ministerstva oboroni Meksiki vistupayet na torjestvennoy seremonii otkritiya XIV Mejdunarodnogo voyenno-muzikalnogo festivalya "Spasskaya bashnya" na Krasnoy ploshadi v Moskve
Voyenniy orkestr Ministerstva oboroni Meksiki vistupayet na torjestvennoy seremonii otkritiya XIV Mejdunarodnogo voyenno-muzikalnogo festivalya Spasskaya bashnya na Krasnoy ploshadi v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.08.2022
Obuna bo‘lish
Harbiy orkestrlar 22-avgust kuni soat 19.00 dan 20.30 gacha poytaxtning diqqatga sazovor joylarida ko‘rgazmali chiqishlari hamda konsert dasturlarini namoyish etishadi.
TOShKENT, 19 avg — Sputnik. Toshkentda ShHTga a’zo va kuzatuvchi davlatlarning harbiy orkestlari ishtirokida “Tinchlik navosi” nomli xalqaro festival bo‘lib o‘tadi. Bu haqida AOKAda o‘tkazilgan brifingda Mudofaa vazirligi axborot xizmati rahbari Otabek Yo‘ldoshev ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, festivalni 22-24 avgust kunlari o‘tkazish rejalashtirilgan.
Festival dasturiga ko‘ra, 22-avgust kuni soat 19.00 dan 20.30 gacha poytaxtning diqqatga sazovor joylarida harbiy orkestrlarining ko‘rgazmali chiqishlari hamda konsert dasturlari namoyish etiladi.
Badiiy chiqishlar manzili:
Xalqlar do‘stligi saroyi maydonida – Belarus Respublikasi harbiy orkestri;
Millatlararo munosabatlar qo‘mitasi maydonida – Rossiya Federatsiyasi harbiy orkestri;
“Ashxabod” saylgohida – Tojikiston Respublikasi harbiy orkestri;
“Toshkent siti” bog‘ida – Xitoy Xalq Respublikasi harbiy orkestri;
“Megaplanet” savdo majmuasi maydonida – Qirg‘iz Respublikasi harbiy orkestri;
“Moviy gumbazlar” hiyobonida – Hindiston Respublikasi harbiy orkestri;
Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatri maydonida – O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy orkestri.
Shuningdek, festivalda vatanparvarlik, mardlik va shijoatni madh etuvchi maftunkor navolari ijrosidagi jahonning mumtoz asarlari, betakror repertuarlar bilan boyitilgan estrada va jaz musiqalari, ko‘rgazmali harbiy saf repertuarlari namoyish etiladi.
Festivalning tantanali yopilish marosimiga bag‘ishlangan barcha harbiy orkestrlarning yakuniy gala-konserti 24-avgust kuni soat 13.00 dan boshlab poytaxtdagi “XUMO” arena muz saroyi maydonida bo‘lib o‘tadi.
Festival doirasida Shanhay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning musiqa madaniyati bilan yaqindan tanishish, boshqa mamlakatlar milliy madaniyati, jahon musiqa madaniyatiga qo‘shilish imkoniyati ham yaratiladi.
Yangiliklar lentasi
0