Tailandda o‘zbekistonliklar uchun vizasiz yurish muddati uzaytiriladi

© Sputnik / Pavel Lvov / Mediabankka o‘tishStrani mira. Tailand
Strani mira. Tailand - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.08.2022
Obuna bo‘lish
Tailandga kelishi bilan viza oladigan O‘zbekiston fuqarolari uchun mamlakatda vizasiz yurish muddati 15 kundan 30 kunga uzaytiriladi.
TOShKENT, 21 avg — Sputnik. Tailand hukumati 1-oktabrdan 2023-yil 31-martgacha xorijlik fuqarolarga mamlakatda bo‘lish muddatini uzaytirishga ruxsat beradi.
"Bangkok Post" nashri xabariga ko‘ra, Tailandga kelishi bilan viza oladigan davlatlar, shu jumladan, O‘zbekiston fuqarolari uchun mamlakatda vizasiz yurish muddati 15 kundan 30 kunga uzaytiriladi.
Mamlakatga viza olmasdan kirish huquqiga ega xorijliklar uchun esa vizasiz yurish muddati 30 kundan 45 kungacha uzaytiriladi.
Ta’kidlanishicha, mamlakat hukumati shu yo‘l bilan turizmdan tushadigan daromadlarni oshirish va koronavirus pandemiyasidan jabr ko‘rgan Tailand iqtisodiyotini tiklashni niyat qilgan.
Yangiliklar lentasi
0