Prezident huzurida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash kengashi tuziladi

© Depositphotos.com / ZwolafasolaMujchina v kostume s papkami v ruke
Mujchina v kostume s papkami v ruke - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.08.2022
Obuna bo‘lish
Prezidentning tadbirkorlar bilan muloqotidagi takliflarni hayotga tatbiq etish maqsadida Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jamoatchilik kengashi tuziladi.
TOShKENT, 22 avg — Sputnik. Prezidentning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotidagi barcha takliflarni amalga oshirish uchun prezident huzurida Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jamoatchilik kengashi tuziladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev 22-avgust kuni tadbirkorlar bilan ochiq muloqot davomida ma’lum qildi.
Prezident Administratsiyasi rahbari Sardor Umurzakovga ikki hafta muddatda ushbu kengash ishini tashkil qilish topshirildi.
Bundan tashqari, davlat rahbari Savdo-sanoat palatasi va uning xududiy bo‘linmalarining faoliyati ham tubdan o‘zgarishini qayd etdi.
Bundan buyon, ular:
tuman, shahar tadbirkorlarini birlashtirib, ularni qiynayotgan muammo va masalalarni aniqlash bilan amalda shug‘ullanadi;
har bir tuman va shaharda ilg‘or metodikalar asosida biznesga o‘qitish maktablarini tashkil qiladi;
hokim va boshqa hududiy rahbarlarga ko‘rib chiqishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritish vakolatiga ega bo‘ladi;
mahalliy Kengash va hokimlar bilan har oy kamida ikki marta tanqidiy muhokamalarni o‘tkazadi.
Shu bilan birga, Savdo-sanoat palatasining o‘ziga ham:
Hukumatga ko‘rib chiqishi majburiy bo‘lgan masala kiritish;
tadbirkor manfaatini ko‘zlab Oliy sudga ariza berish hamda iqtisodiy, ma’muriy va jinoyat ishlari bo‘yicha sud qarorlarini qayta ko‘rib chiqish yuzasidan shikoyat kiritish vakolatlari beriladi.
Savdo-sanoat palatasi Hukumat bo‘ysunuvidan to‘liq chiqariladi.
Yangiliklar lentasi
0