ArMI-2022 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.08.2022
ARMI-2022
ARMI - 2022: VIII Xalqaro armiya o‘yinlari, 13-27 avgust, 2022-yil.

ArMI-2022: o‘zbekistonlik harbiylar “Qo‘shinlar razvedkasi a’lochisi” tanlovida rekord o‘rnatdi

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston jamoasi nayza pichoq va belkurakni aniqlikka uloqtirish bo‘yicha rekord o‘rnatdi.
TOShKENT, 23 avg — Sputnik. ArMI-2022 xalqaro armiya o‘yinlari doirasida Rossiyaning Novosibirsk shahrida o‘tkazilayotgan “Qo‘shinlar razvedkasi a’lochisi” musobaqasining 1-bosqichi yakunlandi.
O‘zbekiston Mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, “Qo‘shin razvedkasi a’lochisi” musobaqasi turli vazifalarni o‘z ichiga olgan jami 2 ta bosqich (16 ta shart) bo‘yicha o‘tkazilmoqda. Ular orasida piyodalar jangovar mashinasini temir yo‘l platformasiga yuklash, dushman obyektiga yashirincha usullarda borish, jang maydonidan yaradorni olib chiqish, nayza pichoq va belkurakni aniqlikka uloqtirish kabi qator shartlar mavjud.
© Ministerstvo oboroni Uzbekistana
Konkurs “Otlichnik voyskovoy razvedki” - Sputnik O‘zbekiston
1/4
© Ministerstvo oboroni Uzbekistana
Konkurs “Otlichnik voyskovoy razvedki” - Sputnik O‘zbekiston
2/4
© Ministerstvo oboroni Uzbekistana
Konkurs “Otlichnik voyskovoy razvedki” - Sputnik O‘zbekiston
3/4
© Ministerstvo oboroni Uzbekistana
Konkurs “Otlichnik voyskovoy razvedki” - Sputnik O‘zbekiston
4/4
O‘zbekiston jamoasi “Qo‘shin razvedkasi a’lochisi” musobaqasining 1-bosqichining so‘ngi 5 ta sharti yakuni bo‘yicha bitta rekord natijani qayd etishga muvaffaq bo‘ldi — guruh tarkibida nayza pichoq va belkurakni aniqlikka uloqtirish – 83 ball (o‘tgan yilgi rekord natijasi 74 ball bo‘lgan).
Mazkur bosqich yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston jamoasi ikkinchi o‘rinda ketmoqda. Birinchi o‘rin mezbon davlat hisobiga yozilgan.
Yangiliklar lentasi
0