Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Volodin ukrainalik jangarilar ustidan ochiq sud o‘tkazishni so‘radi

© Sputnik / Maksim BlinovPredsedatel Gosudarstvennoy Dumi RF Vacheslav Volodin
Predsedatel Gosudarstvennoy Dumi RF Vacheslav Volodin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.08.2022
Obuna bo‘lish
Volodinning fikricha, sudning bo‘lib o‘tishi juda muhim. Jahon hamjamiyati Kiyev rejimining insoniyatga qarshi jinoyatlaridan xabardor bo‘lishi kerak.
TOShKENT, 23 avg — Sputnik. Rossiya Davlat dumasi spikeri Vacheslav Volodin Ukraina fashistlari ustidan ommaviy tribunal o‘tkazishni muhim deb hisoblaydi. Uning fikricha, jahon hamjamiyati Kiyev rejimining insoniyatga qarshi jinoyatlari haqida bilishi kerak.

“Yaqinda natsistlar ustidan tribunal bo‘lib o‘tadi. Unda Donbassning tinch aholisini o‘ldirgan, zo‘rlagan, vayron qilgan va qo‘rquvda ushlab turgan harbiy jinoyatchilar javobgarlikka tortiladi. Sudning bo‘lib o‘tishi juda muhim. Jahon hamjamiyati Kiyev rejimining insoniyatga qarshi jinoyatlaridan xabardor bo‘lishi kerak. Sud majlisi ochiq o‘tishi juda muhim. Hamma buni kutmoqda”, - deb yozdi Volodin Telegram-kanalida.

Davlat dumasi spikerining ta’kidlashicha, Ukraina prezidenti Zelenskiy va Kiyev rejimi tribunalda fosh bo‘lishidan qo‘rqadigan narsa bor.
“Aynan u va uning atrofidagilar tinch aholini: qariyalarni, ayollarni, bolalarni bombardimon qilish, otish va o‘ldirish haqida buyruq bergan. Shuning uchun Zelenskiy tribunal bo‘lmasligi uchun hamma narsani qilmoqda, tinch yo‘l bilan kelishuvdan bosh tortish bilan tahdid qilmoqda”, - deb yozgan Volodin.
Avvalroq, Donesk Xalq Respublikasi (DXR) rahbari Denis Pushilin harbiy asirlarning birinchi tribunali katta ehtimol bilan Mariupolda bo‘lib o‘tishi va yoz oxirigacha tashkil etilishini aytgan edi.
Ma’lumot uchun, tribunal sudi - favqulodda yoki harbiy harakatlar vaziyatida o‘tkaziladigan sudlar bo‘lib ular milliy qonunchilikka asoslanmagan holda, harbiy vaqt qonunlari asosida o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiyada jangarilari jinoiy javobgarlikka tortilgan Azov polkining millatchilari Rossiya harbiylari Mariupoldagi Azovstal zavodi hududini o‘z nazoratiga olganidan keyin taslim bo‘lishdi.
Rossiya 24-fevral kuni Ukrainada harbiy operatsiya boshlagan. Prezident Vladimir Putin uning maqsadini "sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan zo‘ravonlik va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish" deb atagan. Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina Qurolli kuchlarining jangovar salohiyati allaqachon sezilarli darajada qisqartirilgan.
Yangiliklar lentasi
0