Shoygu ShHTning harbiy sohadagi salohiyatini oshirishni taklif qildi

© Ministerstvo oboroni RF / Mediabankka o‘tishRossiya i Belorussiya nachala sovmestnie ucheniya "Soyuznaya reshimost - 2022"
Rossiya i Belorussiya nachala sovmestnie ucheniya Soyuznaya reshimost - 2022 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.08.2022
Obuna bo‘lish
Mudofaa vaziri Sergey Shoygu ShHT davlatlari o‘rtasida harbiy hamkorlikni oshirishni taklif qildi.
TOShKENT, 24 avg — Sputnik. Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT)ning jangovar salohiyatini, xususan, harbiy xavfsizlik sohasida axborot almashish mexanizmlari orqali oshirishni taklif qildi.
"ShHT harbiy salohiyati samaradorligini oshirish. ShHT Mudofaa vazirlari kengashi huzuridagi ekspert ishchi guruhi faoliyatini faollashtirish va amaliy mazmun bilan to‘ldirish. Unga mamlakatlarimiz mudofaa vazirliklari o‘rtasidagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar tayyorlash”, - dedi Shoygu chorshanba kuni ShHTga a’zo davlatlar mudofaa vazirlari yig‘ilishida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday yo‘nalishlar, xususan, "pilotsiz uchar apparatlariga qarshi kurash, axborot va biologik xavfsizlik" bo‘lishi mumkin.
Rossiya mudofaa vaziri, shuningdek, qo‘shinlarni tayyorlash va qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazish amaliyotini takomillashtirish, ilg‘or tajriba almashish va noqonuniy qurolli guruhlarga qarshi kurashishning yangi usullarini ishlab chiqish zarurligini ham ta’kidladi. Tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash o‘zgarishsiz ShHTning asosiy ustuvor yo‘nalishi bo‘lib qolayotganini ta’kidlab, ShHT doirasida harbiy xavfsizlik sohasida axborot almashish mexanizmini ishlab chiqishni ham asosiy vazifalardan biri deb atadi.
"Bunday hamkorlikning huquqiy asoslarini yaratish uchun biz Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar mudofaa idoralari o‘rtasida tezkor axborot almashinuvini tashkil etish va uni himoya qilish to‘g‘risidagi Bitim loyihasini ishlab chiqdik. Uni ko‘rib chiqish uchun yaqinda sizga yuboramiz”, - dedi Shoygu.
U bugungi uchrashuv natijalari ShHTni yanada izchil rivojlantirish, tashkilot mas’uliyati doirasida barqarorlik va xavfsizlikni saqlash uchun mustahkam asos bo‘lishiga ishonch bildirdi.
Yangiliklar lentasi
0