Sport

Ravshan Ermatov Rossiya futboli hakamlari eksperti boʻldi

Ravshan Irmatov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.08.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Ravshan Ermatov Rossiya futbol ittifoqi huzuridagi Ekspert-hakamlar komissiyasi aʼzosiga aylandi.
TOSHKENT, 25 avg — Sputnik. Oʻzbekistonlik sobiq futbol hakami Ravshan Ermatov Rossiya futbol ittifoqi prezidenti qoshidagi (RFI) ekspert-hakamlar komissiyasining doimiy aʼzosi boʻldi. Bu haqda ittifoq matbuot xizmati xabar berdi.
45 yoshli mutaxassis faoliyati davomida 11 marta jahon chempionatiga hakamlik qilgan va bu rekord koʻrsatkich hisoblanadi. 2015 yilda u dunyoning eng yaxshi hakami deb topilgan. 2019 yilda esa rasman hakamlik faoliyatini yakunlagan.
Ravshan Ermatov hozirda OʻFA birinchi vitse-prezidenti sifatida faoliyat koʻrsatyapti.
RFI prezidenti qoshidagi ekspert-hakamlar komissiyasi oʻyinlardagi hakamlik bilan bogʻliq bahsli holatlar, oʻyin natijasiga taʼsir qiladigan qarorlarni koʻrib chiquvchi, baho beruvchi organ hisoblanadi.
Ravshan Ermatov komissiyasining amaldagi tarkibining toʻqqizinchi aʼzosi boʻldi. Ermatovdan tashqari komissiya tarkibiga RFI hakamlar boʻlimi boshligʻi Pavel Kamantsev, Sergey Zuyev, Aleksandr Gvardis, Nikolay Ivanov, Sergey Fursa, Nikolay Levnikov, Oleg Sokolov va Eduard Maliy ham kiritilgan.
Ravshan Ermatov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.11.2019
Infografika
Ravshan Ermatovning 17 mavsumi
Yangiliklar lentasi
0