Istoriko-etnograficheskiy park Vechnыy gorod, voshedshiy v sostav mejdunarodnogo turisticheskogo kompleksa Velikiy shelkovыy put, otkrыlsya v Samarkande. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
SHHT-2022: Samarqand sammiti
Samarqand 15-16 sentyabr kunlari Shanxay hamkorlik tashkilotining (SHHT) davlat rahbarlari kengashi majlisiga mezbonlik qiladi.

SHHT davlatlari mudofaa vazirlari dunyo tartibi kelajagini belgilashmoqda

© SputnikFlag SHOS
Flag SHOS - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.08.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
SHHT ning sakkizta aʼzo, toʻrtta kuzatuvchi va oltita hamkor mamlakatlari muzokaralarda 3,6 mlrd odam manfaatlarini taqdim etishmoqda.
Bu dunyo aholisining deyarli yarmi degani. Va bugun ular Toshkentda dunyo tartibi kelajagi, jumladan, kollektiv Gʻarb - AQSH va NATO ahamiyatini ham belgilashmoqda.
Oʻzbekiston poytaxti Toshkent shahrida 24 avgust kuni SHHT ga aʼzo va kuzatuvchi maqomidagi mamlakatlar mudofaa vazirlari uchrashishmoqda. Shuningdek, Hindiston, Qozogʻiston, Xitoy, Qirgʻiziston, Pokiston, Rossiya, Tojikiston, Oʻzbekiston va Belarus davlatlari harbiy delegatsiyalari ham ishtirok etishmoqda. Harbiy sohada oʻzaro hamkorlik, mintaqaviy va xalqaro xavf-xatarlar, shuningdek, AQShning Rossiya va Xitoy chekkalaridagi vaziyatni beqarorlashtirish, Yevropa va Osiyoni “qoʻzgʻatish” amerikancha “oʻziga xoslilik”ni saqlab qolish niyatida raqiblarni zaiflashtirishga urinishlari kabi masalalar muhokama qilindi.
SHHT mamlakatlari harbiy delegatsiyalari 2022-2023 yillarga moʻljallangan hamkorlik rejasi doirasida tahdidlarni zararsizlantirish choralarini taklif qilishdi. Xalqaro qurolli terroristik guruhlarning faollashayotgani fonida SHHT davlatlari mudofaa vazirlari harbiy qoʻmondonlik va nazorat organlari, koʻshinlarning oʻzaro hamkorligini ishlab chiqish uchun “Tinchlik missiyasi” qoʻshma koʻmondonlik-shtab oʻquv mashgʻulotlari muhimligini taʼkidlashdi.
Rossiya Federatsiyasi mudofaa vaziri Sergey Shoygu hamkasblariga “Tinchlik missiyasi-2023” Rossiya hududida boʻlib oʻtishini, kuzda esa Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Tojikistonda KXSHT manevrlar seriyalari boʻlib oʻtishini eslatib oʻtdi.
Muzokaralar doirasida ikki tomonlama uchrashuvlar ham boʻlib oʻtmoqda. Masalan, Belarus va Hindiston mudofaa vazirlari Viktor Xrenin hamda Radjnatx Singxlar harbiy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilishdi. Shanxay tashkiloti davlatlarining xavfsizligi koʻp qirrali, koʻp yoʻnalishlar boʻyicha oʻzaro harakatni talab qiladi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin 23 avgust kuni Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan sentyabr oyida Samarqandda boʻladigan SHHT sammitini muhokama qilishdi.
Avvalroq, Oʻzbekiston poytaxtida SHHT mamlakatlari Xavfsizlik kengashi kotiblarining uchrashuvi boʻlib oʻtgan edi. Unda RF xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev hamkorlarga AQShning mintaqadagi “mashgʻulotlari” “birinchi navbatda amerikaliklar uchun harbiy teatrlar salohiyatini oʻrganish, istiqbolli nishonlarning koordinatalarini aniqlashtirish va yuqori aniqlikdagi qurollar uchun raqamli xaritalarni toʻgʻrilash uchun kerak”ligini eslatib oʻtgan edi.

Rossiyaning pozitsiyalari

RF Mudofaa vaziri Sergey Shoygu tadbirda Shanxay tashkilotining yangi kuch markazi sifatidagi roli ortib borayotgani va “tenglik hamda oʻzaro hurmatga asoslangan davlatlararo munosabatlar modeli”ni qayd etdi. Aynan shuning uchun harbiy sohada hamkorlikni mustamhkamlash, xalqaro beqaror vaziyat fonida umumiy xavfsizlik boʻyicha muntazam maslahatlashish muhim.
Rossiya Afgʻonistondagi vaziyatni tartibga solish boʻyicha har qanday xalqaro tashabbuslarni olqishlaydi, va shu bilan birga, Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlikni taʼminlash choralarini koʻradi. Afgʻonistondagi vaziyatni hisobga olgan holda, (xalqaro terroristik tashkilotlar, narkotrafik, diniy radikalizm mafkurasi) RF mudofaa vazirligi Tojikiston, Qirgʻizistondagi bazalari hamda inqiroz holatlarida javob berish kuchlarining harbiy tayyorgarligini oshiradi. Iyun oyida Moskvada Markaziy Osiyo mamlakatlari va Rossiya harbiy vazirlik rahbarlarining ilk uchrashuvi boʻlib oʻtgan va uchrashuv afgʻon yoʻnalishidagi operativ vaziyatga bagʻishlangan edi. Bugun Sergey Shoygu bunday uchrashuvlar SHHT maydonida ham boʻlishi kerakligini aytdi.
Rossiya Federatsiyasi Shanxay hamkorlik tashkilotining jangovar salohiyatini harbiy xavfsizlik sohasida axborot almashish orqali oshirishni taklif qilmoqda. SHHTga aʼzo davlatlar mudofaa vazirliklari oʻrtasida tezkor axborot almashinuvi toʻgʻrisida kelishuv loyihasi tayyorlandi. Rossiya Federatsiyasi mudofaa vaziri qoʻshma mashgʻulotlar amaliyotini oʻtkazish, noqonuniy qurolli guruhlarga qarshi kurashda ilgʻor tajriba almashishni faollashtirish muhimligini taʼkidladi. Ustuvor vazifalar – “uchuvchisiz uchish apparatlariga qarshi kurash, axborot va biologik xavfsizlik”. Sergey Shoygu dekabr oyida SHHTga aʼzo davlatlar, MDH mamlakatlari va boshqa doʻst davlatlar mudofaa vazirlarining qoʻshma majlisini koalitsiya xavfsizligini taʼminlash masalalarini muhokama qilish uchun uchrashuv oʻtkazishni taklif qildi.
Rossiya koʻp qutblilikning yangi sharoitida Yevropada barqarorlikning huquqiy asoslarini shakllantirish uchun katta saʼy-harakatlarni amalga oshirmoqda. Vashington rahbarligidagi Gʻarb oʻzaro xavfsizlik tizimlaridan voz kechmoqda, Rossiyaning NATOni sharqqa qarab kengaymaslik borasidagi printsipial pozitsiyasini mensimayapti. Sergey Shoygu global hukmronlikni saqlab qolish uchun “mustaqil davlatlarga misli koʻrilmagan bosim oʻtkazayotgan... ochiqdan-ochiq shantaj, tahdid, rangli inqiloblar va davlat toʻntarishini qoʻllayotgan” AQSH va kollektiv Gʻarbning rolini keskin baholadi.
Rossiyaga qarshi gibrid urush sifatida Ukraina tanlangan. Uning hududida Pentagonning 30 laboratoriyalarida maxfiy tarzda biologik qurollar komponentlari ishlab chiqarilgan. Bunday hatti-harakatlar SHHTning barcha mamlakatlariga toʻgʻridan-toʻgʻri xavf tugʻdiradi. Kiyev rejimi Minsk kelishuvlarini bajarishdan bosh tortdi, Donbassda, keyinchalik esa Rossiya Federatsiyasida harbiy tahdidlar yaratdi. Bularning barchasi maxsus harbiy operatsiyaga ehtiyoj tugʻdirdi. AQSH va NATOning Ukrainaga qurol yetkazib berishi qurbonlarni koʻpaytiradi, harbiy mojaroni choʻzadi. Albatta, Gʻarb Rossiyani yakkalash va zaiflashtirishni maqsad qilgan, Ukraina esa sarflanadigan material hisoblanadi. RF SHHT hamkorlariga “prinitsipial pozitsiyasi va qoʻllab- quvvatlagani uchun” minnatdor.
Global gegemonlik uchun AQSH Janubi-sharqiy Osiyoda shakllangan xavfsizlik tizimini buzishga urinmoqda. SHHT makonining janubiy qanotida murakkab davlatlararo qarama-qarshiliklar bor, Vashington “ukrainalashtirishga” harakat qilayotgan keskinlik oʻchoqlari paydo boʻlmoqda.
Xitoyni jilovlash uchun harbiy siyosiy bloklar KVAD (QUAD) va AUKUS (AUKUS) yaratilmoqda, mintaqa mamlakatlari NATO bilan hamkorlikka jalb qilinmoqda. Tayvan muammosi maqsadli ravishda keskinlashmoqda, Janubiy Xitoy va Sharqiy Xitoy dengizlarida hududiy nizolar kuchaymoqda. Shu bilan birga, mintaqaviy xavfsizlik “faqat ASEAN va boshqa koʻp tomonlama hamkorlik mexanizmlari markaziy roli bilan barcha davlatlarning manfaatlarini hisobga olgan holda birgalikdagi saʼy-harakatlar bilan taʼminlanishi mumkin”.
Sergey Shoygu Toshkentdagi uchrashuvda alohida taʼkidladi: “Mintaqaviy va global xavfsizlik masalalarini hal qilishda SHHT mamlakatlarining mustaqil kursi - butun dunyo uchun namuna”. Eslatib oʻtaman, 2001 yilda tashkil etilgan SHHT ga sakkiz mamlakat aʼzo boʻlgan: Rossiya, Xitoy, Hindiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Pokiston, Tojikiston, Oʻzbekiston. Toʻrt mamlakat- Belarus, Afgʻoniston, Eron va Moʻgʻuliston- kuzatuvchi davlat maqomiga ega. Oltita mamlakat - Ozarbayjon, Armaniston, Kambodja, Nepal, Turkiya va Shri-lanka - SHHT munosabatlari boʻyicha hamkorlardir. 2021 yilda SHHTga Eronni qabul qilish jarayonlari boshlangan. Tashkilot shtab-kvartirasi Pekinda joylashgan. Sayyorada dunyo aholisining deyarli yarmini birlashtiradigan bunday tashkilotning muqobili yoʻq.
Shubhasiz, dunyo tartibining kelajagi bugun Yevropa yoki Amerikada emas, balki Osiyoda - SHHT doirasida belgilanyapti. Tinchlik va xavfsizlikni taʼminlash tashkilotning asosiy ustuvorligi boʻlib qoladi. Bugungi uchrashuv natijalari tashkilotning keyingi rivoji, barqarorlikni mustahkamlash uchun poydevor boʻladi. Sentyabr oyida Samarqandda ushbu konsturuktiv jarayonning davom etishiga guvoh boʻlamiz.
Yangiliklar lentasi
0