Iqtisod

Toshkent va Minsk hamkorlikni yanada kengaytiradi

© Foto: MIVT UzbekistanaVstrecha zamestitelya premyer-ministra - ministra investitsiy i vneshney torgovli Uzbekistana Jamshida Xodjayeva s zamestitelem premyer-ministra Belarusi Leonidom Zaytsem
Vstrecha zamestitelya premyer-ministra - ministra investitsiy i vneshney torgovli Uzbekistana Jamshida Xodjayeva s zamestitelem premyer-ministra  Belarusi Leonidom Zaytsem - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.08.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
"Agroekspress" loyihasi imkoniyatlari asosida Belarus bozoriga oʻzbek meva-sabzavotlarini toʻgʻridan-toʻgʻri yetkazib berish yoʻlga qoʻyilishi mumkin.
TOSHKENT, 25 avg — Sputnik. Oʻzbekiston bosh vazirining oʻrinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev Minsk shahrida Belarus bosh vazirining oʻrinbosari Leonid Zayts bilan uchrashdi.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi xabariga koʻra, unda ikki mamlakatning savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorligining joriy holati muhokama qilindi.
Tomonlar yetkazilayotgan tovarlar nomenklaturasini yanada kengaytirish va oʻzaro savdo hajmini oshirish maqsadida qoʻshma "Yoʻl xaritasi"ni imzolashga qaror qilishdi. Ikki mamlakat hududida savdo-logistika markazlarini, savdo uylari va ular qoshida doimiy faoliyat koʻrsatayotgan "shou-rum"larni tashkil etish boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni koʻrishga kelishildi.
Sanoat kooperatsiyasini kengaytirish istiqbollari ham muhokama qilindi. Belarus kompaniyalariga farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish, Oʻzbekistonda belarus traktorlari, shuningdek, tijorat, yoʻl-qurilish va qishloq xoʻjaligi texnikalarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish boʻyicha loyihalarni amalga oshirishda har tomonlama yordam berishga tayyorlik bildirildi.
Tomonlar tayyor qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini uchinchi mamlakatlar bozorlariga eksport qilish uchun qoʻshma fermer xoʻjaliklarini tashkil etish, shuningdek, "Agroekspress" loyihasining mavjud resurslari va imkoniyatlari asosida Belarus bozoriga oʻzbek meva-sabzavotlarini toʻgʻridan-toʻgʻri yetkazib berishni yoʻlga qoʻyish masalalariga alohida eʼtibor qaratdilar.
Muzokaralar yakunida oʻzaro munosabatlarni chuqurlashtirish va erishilgan kelishuvlarni hayotga tatbiq etish boʻyicha navbatdagi tadbirlar belgilandi.
Avvalroq Belarus bosh vaziri Roman Golovchenko Belarus va Oʻzbekiston oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmini kamida 500 million dollarga yetkazish kerakligini taʼkidlagandi.
Yangiliklar lentasi
0