Qaysi kompaniyalar Moskvadagi bolalar tovarlari ko‘rgazmasida ishtirok etadi?

© Foto predostavleno AO "Ekspotsentr"V Ekspotsentre sostoyatsya vistavki industrii detskix tovarov i odejdi
V Ekspotsentre sostoyatsya vistavki industrii detskix tovarov i odejdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.08.2022
Obuna bo‘lish
Ko‘rgazmada Italiya, Xitoy, Malayziya, Rossiya, Belarus Respublikasi va O‘zbekistondan 300 ga yaqin kompaniya ishtirok etadi.
TOShKENT, 26 avg — Sputnik. Moskvada 27-30 sentabr kunlari bo‘lib o‘tadigan xalqaro bolalar tovarlari sanoati hamda bolalar va yoshlar modasiga bag‘ishlangan xalqaro ko‘rgazmalarda O‘zbekistonning 2 ta kompaniyasi ishtirok etishi kutilmoqda.
“O‘zbekto‘qimachiliksanoati” uyushmasi matbuot xizmati Sputnik muxbiriga ma’lum qilishicha, O‘zbekiston kompaniyalari ichida “Baht tekstil andijan” va “Beliy Slon” kompaniyalari o‘z ishtirokini tasdiqlagan.
Ma’lumot uchun, ko‘rgazmada Italiya, Xitoy, Malayziya, Rossiya, Belarus Respublikasi va O‘zbekistondan 300 ga yaqin kompaniya ishtirok etadi.
Tadbirlar doirasida Buyuk Britaniya, Ispaniya, Italiya, Qirg‘iziston, Xitoy, Rossiya, Belarus Respublikasi va Turkiyaning 200 ga yaqin brendlari tomonidan yuqori sifatli zamonaviy liboslar, oyoq kiyimlar, bolalar uchun aksessuarlar, noyob dizayn yechimlari, bo‘lg‘usi onalar uchun kiyimlar, matolar va aksessuarlarning yangi kolleksiyalari taqdim etiladi.
Yangiliklar lentasi
0